Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Annotatsiya: Bugungi rivijlanib borayotgan davrda farzandlarimizni yanada jaxon 
andozalariga mos ravishda o‘qitish zarur.Buning uchun har –bir o‘qituvchi ma’suliyat bilan o‘z 
ishiga yondashishi lozim.Farzandlarimiz bizning kelajagimiz.
Kalit so‘zlar: Ijodkor, innovatsion texnologiya, samaradorlik.
Bugun kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijodiy 
pedogogika ,ijodkor o‘qituvchiga ehtiyoj nihoyatda ortib bormoqda.Ajoyib maktab qurilishi 
mumkin ,zamonaviy mexanizm bilan bezatilishi mumkin.yangi o‘quv darsliklarni nashr qilinishi 
mumkin ,lekin bularning hammasi hali yetarli emas .Maktabga haqiqiy pedagog ,o‘qituvchi kirib 
kelgandagina ,ular jonlanadi ,ijodiy pedogogikaning mash’alasi yonadi.Pedogogik nazariyot va 
tizimli ko‘rgazmali qurollar jonlanadi .
Bugun ta’lim muassasasiga ijodkor o‘qituvchi kerak.Prezidentimiz “ Zamonaviy bilim berish 
uchun ,avvalo o‘qituvchining o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak “ deganda aynan ijodkor 
,fidokor pedagoglarni nazarda tutgan.
Men ham o‘z faoliyatim jarayonida har bir darsimni jonli ,jozibali ,qiziqarli va albatta 
o‘quvchilar uchun yetarlicha tushinarli bolishi va kelajakda o‘quvchilarim Vatan oldidagi 
burchlarini oqlashlarini xoxlayman.Shuning uchun o‘zimning ta’limning rivojlanishi uchun o‘z 
takliflarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda tizimga zamonaviy pedagogik va A K 
T ni keng tadbiq etish ,o‘qituvchi ijodkorligini va kasbiy mahoratini takomillashtirish, ilg‘or ish 
tajribalarini ommalashtirish,ta’lim berishning samarali yechimini joriy etish lozim deb o‘ylayman.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy faoliyatini doimo ongli tahlil etishi, meyorlarga nisbatan 
tanqidiy yondashuvda bo‘lishi,kasbiy yangilikka shaylikni o‘zida mujassamlashtirishi,dunyoda 
ijodiy yaratuvchanlikda bo‘lishi, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, o‘z turmush tarzini va 
intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam etishi lozim deb xisoblayman.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har bir bolaga individual yondashishning yangi talqinini 
ishlab chiqishi talab etiladi ,ya’ni shaxsning ijobiy men kompetensiyasini shakllantirish ,nimaga 
vaqanday o‘qitish ,ta’lim berish kerakligini anglashi,bilimlar maktabini tarbiya maktabiga 
aylantirish,bolaning individualligini rivojlantirish,induvidual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda 
olib borish kabi sifatlarga ega bo‘lish kerak. Ta’lim yangi bosqichga ko‘tarilmoqda o‘quvchilar 
fikr darajasi kengaymoqda,axborot olish osonlashmoqdabumday o‘sish jarayonida o‘qitishda 
innovatsion texnologiyalardan foydalnmaslikdarsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.
Oshpazlar bir xil guruchdan osh pishirishadi lekin ba’zi mahoratli oshpazlar taomni o‘ta 
puxtalik bilan tayyorlab maqtovga sazovor bo‘lishadi, nonvoylar ham bir hil undan non yopsalarda, 
ularning ba’zilarining shakli va mazasi ajralib turadi.Bularning hammasi kasbiy mahorat evaziga 
amalga oshiriladi. O‘qituvchi ham o‘z kasbiga puxta yondashgan holda darslarni tashkil etsabir 
umr hurmat e’tiborda bo‘ladi.
Bugungi kunda axborot ko‘lami juda kengayib ketdi.Agar o‘qituvchi o‘z ustida ishlamasa 
avvalgi o‘rgangan bilimlari yetarli bo‘lmay qoladi.Dars mavzularini kundalik xayotdagi keskin 
voqealar bilan bog‘lab o‘tilsa turli innovatsion texnologiyalardan foydalanilsa dars esda qolishiga 
erishilishi mumkin.O‘qituvchi o‘quvchilarga innovatsion usullardan foydalanib ,fanlar aro 
bo‘g‘lagan holda ekologik –gigiyenik bilimlar bilan darsni to‘ldirishi zarur.
Innovatsiya – (inglizcha) yangilik ,yangilik kiritish degan ma’nolarni ifodalaydi.Texnologoya 
esa (yunoncha) “texnos” san’at va “logos” fan degan so‘zlardan olinib ,innovatsion texnologiya 
ta’lim –tarbiya shakllari ,metodlari va usullariga yangicha yondashish degan ma’noni ifodalaydi.
Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritishdir. Innovatsion 
texnologiyalardan foydalanishda o‘qituvchiga quyidagi bilimlarni bilish taqazo etiladi:
AKT bo‘yicha bilim, ko‘nikma,malakaga ega bo‘lish;


29

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling