Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
high-speed access to the World Wide Web, and technical multimedia capabilities have easily 
entered our everyday life. Clearly, learning by this method has the right to life. 
Bibliography:
1. The Law “On Education”. - T., 1997.
2. The national program for training personnel / / Harmoniously developed generation-the basis 
of progress // Collected works- in 10 vols. - T.: Uzbekistan, 1998.
3. Mirziyoyev Sh. M. Program of integrated development of the higher education system for the 
period 2017-2021. April 20, 2017.
4. Resolution of the First President of the Republic of Uzbekistan “On measures for further 
improvement of the system of learning foreign languages” of December 10, 2012 [Electronic 
resource] /http://uza.uz/ru/documents/21669/
5. Andreev A. A. Remote form of obtaining education of the XXI century //Computers in the 
educational process. - M: LLC “INTERSOCIOINFORM”, No. 2, 2018.
6. Andreev A. A. Distance learning history and modernity. Proceedings of the 4th International 
Conference on DO-M: MESI, 2017.


131
Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOLA DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA TASVIRIY SAN’ATNING ROLI
Jumaboyev Nabi Pardaboyevich 
Guliston davlat universiteti doktoranti,
nabijumaboyev@gmail.com, +998996421785
Mirzayeva Durdona Akbar qizi
Guliston davlat universiteti talabasi
Annotatsiya: bolalar tasavvuri va dunyoqarashi shakllanishida tasviriy san’at (rang va shakllar)
ning tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, rasm, rang, tasavvur, dunyoqarash.
Bola dunyoga kelgan chog‘idayoq uning ko‘zlari rangli jismlarni taniy boshlaydi. Ilk bola 
chog‘idayoq turli ranglarga, rangli rasmlar, rangli detallarga oshiqa boshlaydi. Ularning ranglarini 
bir biridan ajratish tuyg‘usi uyg‘onoshi, rasmlarga e’tibori ortishi, shu bolada san’atning dunyoga 
kelishi boshlanadi. Tasviriy san’at shunday fanlardan biriki, u inson tasavvurini beqiyos tarzda 
kengaytiradi. Bola ilk bor qog‘ozga emas balki uy devorlariga chiza boshlaydi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, bolaning dunyoqarashi bir qog‘ozdek cheklanmagan aksincha devorlar kabi keng 
hisoblanadi. Bolaning dunyoqarashi, tasviriy san’atni chuqur his qilishi uchun avvalo unga ota 
onaning yordami, turtkisi juda muhim. Devorga sur’at chizgan bolaga tanbeh berish, “Sendan 
rassom chiqmaydi” degan so‘zlar bolaning dunyoqarashini, tasviriy san’atga bo‘lgan mehrini 
butkul o‘zgartirib yuboradi. Bog‘cha yoshidagi jajji bolalarga nazar tashlasak, ularning 80-90% 
rasm chizishga, tabiatni, borliqni tasvirlashga harakat qilishadi. Bu bilan tabiat va bizni o‘rab turgan 
jismlar haqida tasavvurga ega bo‘lishadi. Hattoki qo‘l panjasini rangli bo‘yoqqa botirib varaq 
yuzasiga qo‘yib undan daraxt ko‘rinishini tasvirlashganini guvohi bolganmiz. Yillar davomida 
esa birgina ota onaning ta’siri oqibatida yuqoridagi foizlar juda pastga tushib ketadi. Ko‘pgina 
oilalarda bolaning istedodi, qiziqishi emas, ularning kim bo‘lishi e’tiborga olinadi. Shuning uchun 
ham bolalar keyinchalik tor doirali fikr egasiga aylanib qolishadi. Tasviriy san’at fani bolalarga 
sodda qilib aytganda erkinlikni, erkin fikrlashni o‘rgatadi. Tabiatdagi ranglarni farqlash, oqni 
qoradan, qorani oqdan ajratishda juda katta yordam beradi.
Rus rassomi va pedagogi D.N.Kardovskiy aytib o‘tganidek: “San’atni o‘rganayotganlar 
tasvirlashning yo‘llari va usullari, ya’ni narsalarning shakli, nisbatlari, yorug‘ligi, xususiyati 
va harakat qonunyatlariga bo‘ysunishga majburdirlar”. Bunda rassom o‘z fikrida narsa shakli 
nisbatlari, rangi, yorug‘ligi inson taffakurini kengaytiradi. Shu jism tabiat borlig‘ini yorug‘liklaridan 
foydalanib bola dunyoqarashini o‘stirishga yordam beradi. Albatta bunday qiziqqon, intiluvchan 
kelajaklarimizni o‘z kasbi, o‘z maqsadlariga erishishlarida malakaviy pedagoglarning o‘rni 
beqiyosdir. Yosh rassom Odoardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganda rang tasvirni, 
rassomchilikni mukkamal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday 
javob bergan: “Rasm chizish”. Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni maslahat berar 
edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto “Rasm chizish va yana rasm chizish” – deb 
javob bergan.
Xulosa qilib aytganda bundan ko‘rinib turibdiku, kimdir bo‘lish uchun yoki qaysi kasb egasi 
bo‘lmaylik biz uchun pedagoglardan bilim, yo‘nalish, bolaning o‘zidan esa mehnatva iroda 
talab qilinadi. Eng muhimi esa bolaning dunyoqarashida tasviriy san’atning o‘rnini biz yo‘qotib 
qo‘ymasligimiz, uni bu rangli dunyodagi o‘rnini ko‘ra bilishimiz zarur. Go‘zallikni his qila 
olishni rivojlantirish, yuqori estetik didni shakllantirish, san’at asarlarini, tarixiy va me’morlik 
yodgorliklarini, ona tabiat go‘zalliklarini, boyligini tushunish va kadrlarni shakllantirish maqsadida 
har bir o‘quv fani, ayniqsa shaxsning bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan va katta 
tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, estetika kabi fanlar imkoniyatlaridan 
unumli foydalanish kerak. Bular insonning his-tuyg‘ulari, xilma-xil kechinmalarini qo‘zg‘ab, 
uning diliga, ruhiga ta’sir o‘tkazib, san’at va inson uyg‘unligi va hamkorligini ta’minlaydi.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling