Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Март 2021 10-қисм
Тошкент BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI. Bobojonova Saida Sattorjonovna Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim metodlarining o‘rni haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, innovatsion faoliyat, ilg‘or metodlar, bilim, ko‘nikma, malaka. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotda joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchi, erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lganligi sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ma’suliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qoygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib,zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi ma’suliyatli ekanligini ko‘rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xoxish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigano‘yin mashqlardan foydalanib darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. O‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko‘nikmasini shakllantirish, ya’ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o‘quvchi o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o‘quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O‘qituvchi faqat yorug‘ ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. Boshlang‘ich sinflarda darslarda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin: Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling