Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM JARAYONIDA MA’NAVIY TARBIYA MASALASI.
Abloyarov Anvar Negmatullayevich
Navoiy shahar 12-IDUM tarbiya fаni o‘qituvchisi
Annotatsiya:Uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatni tashkil etgan tizimning tarkibiy qismidir. 
Bu qismning samarali ishlashi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning barcha jihatlariga o‘z ijobiy 
ta‘sirini ko‘rsatadi. Ma‘naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, 
ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma‘naviyat keng 
ma‘noga ega bo‘lib, ma‘rifat, madaniyat kabi tushunchalami o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: ma’naviyat, ma’rifat, aql-idrok,ma’naviy jasorat,ta’lim tarbiya uzluksiz ta’lim
Yuksak ma‘naviyatli insonni shakllantirish jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.Bu 
masalani yoritishda ma‘naviyatning shaxs faolligini, mehnat unumdorligini oshirish, jamiyatda 
totuvlik, yakdillikni ta‘minlash va umummilliy manfaatlarni uyg‘unlashtirishdagi qudratli kuch 
o‘rganiladi.
Markaziy Osiyo tarixida diniy va qomusiy bilimni siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni 
o‘zida mujassam eta bilgan Imom al Buxoriy, at Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xoja 
Ahmad Yassaviy, al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Bobur 
va boshqa buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shganlar, 
ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissalari butun dunyoga ma‘lum.
Jamiyatning ma‘naviy kamoloti o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Har bir tuzum va davr ma‘lum 
maqsad, g‘oya va mafkuralar, talab va ehtiyojlar asosida kishilarning ma‘naviy kamolotiga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Ana shunga asosan, inson tarbiyasining biron tizim, shakl va mazmuni, insoniyligi 
kelib chiqadi. Jamiyat a‘zolarining ma‘naviy fazilatlari, ta‘lim tarbiyaning yo‘llari va usullariga 
kishilarning milliy jihatlari, yashash va mehnat qilish sharoitlari, turmush tarzi kabilar ham ta‘sir 
etadi.Ayniqsa, ma‘naviy qadriyatlarimizni chuqur bilish, uning uzviyligini ta‘minlash, har bir yosh 
avlodning muqaddas burchi ekanligini unutmasligimiz kerak.
Ma‘naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat‘i nazar), uning hayotida 
takrorlanaverishi natijasida, ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib ruhiga singib, uning 
hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy sifatlardir. Demak, ma‘naviyat asosini 
bilimtashkil qilar ekan, bilim turlariga mos ravishda ma‘naviyat turlarini sanab chiqsak bo‘ladi. 
Bularga diniy ma‘naviyat, axloq va odob ma‘naviyati, dunyoni ilmiy bilish ma‘naviyati, texnik 
ma‘naviyat, kasbiy ma‘naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma‘naviyati inson ijtimoiy 
mohiyatini eng ustki qavatini, ya‘ni qobig‘ini tashkil qilgani uchun, ba‘zilar ma‘naviyat deganda, 
kishining axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi deb tushunishadi. Bu 
ma‘naviyatni tor ma‘noda tushunishdir.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil 
etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda 
samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan 
maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma‘lum ijtimoiy voqea- hodisalar mohiyatini 
turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini 
kuzatish, ularning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish 
imkonini beradi.
Ta‘lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning 
o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta‘sirida 
shaxs kamolotini ta‘minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga 
muvofiqdir. Ta‘lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining 
o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam 
beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik 
qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay 
olinishiga e‘tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati 


84

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling