Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Март 2021 10-қисм
Тошкент TA’LIM JARAYONIDA MA’NAVIY TARBIYA MASALASI. Abloyarov Anvar Negmatullayevich Navoiy shahar 12-IDUM tarbiya fаni o‘qituvchisi Annotatsiya:Uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatni tashkil etgan tizimning tarkibiy qismidir. Bu qismning samarali ishlashi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning barcha jihatlariga o‘z ijobiy ta‘sirini ko‘rsatadi. Ma‘naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma‘naviyat keng ma‘noga ega bo‘lib, ma‘rifat, madaniyat kabi tushunchalami o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, ma’rifat, aql-idrok,ma’naviy jasorat,ta’lim tarbiya uzluksiz ta’lim Yuksak ma‘naviyatli insonni shakllantirish jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.Bu masalani yoritishda ma‘naviyatning shaxs faolligini, mehnat unumdorligini oshirish, jamiyatda totuvlik, yakdillikni ta‘minlash va umummilliy manfaatlarni uyg‘unlashtirishdagi qudratli kuch o‘rganiladi. Markaziy Osiyo tarixida diniy va qomusiy bilimni siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni o‘zida mujassam eta bilgan Imom al Buxoriy, at Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shganlar, ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissalari butun dunyoga ma‘lum. Jamiyatning ma‘naviy kamoloti o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Har bir tuzum va davr ma‘lum maqsad, g‘oya va mafkuralar, talab va ehtiyojlar asosida kishilarning ma‘naviy kamolotiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ana shunga asosan, inson tarbiyasining biron tizim, shakl va mazmuni, insoniyligi kelib chiqadi. Jamiyat a‘zolarining ma‘naviy fazilatlari, ta‘lim tarbiyaning yo‘llari va usullariga kishilarning milliy jihatlari, yashash va mehnat qilish sharoitlari, turmush tarzi kabilar ham ta‘sir etadi.Ayniqsa, ma‘naviy qadriyatlarimizni chuqur bilish, uning uzviyligini ta‘minlash, har bir yosh avlodning muqaddas burchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Ma‘naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat‘i nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy sifatlardir. Demak, ma‘naviyat asosini bilimtashkil qilar ekan, bilim turlariga mos ravishda ma‘naviyat turlarini sanab chiqsak bo‘ladi. Bularga diniy ma‘naviyat, axloq va odob ma‘naviyati, dunyoni ilmiy bilish ma‘naviyati, texnik ma‘naviyat, kasbiy ma‘naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma‘naviyati inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini, ya‘ni qobig‘ini tashkil qilgani uchun, ba‘zilar ma‘naviyat deganda, kishining axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi deb tushunishadi. Bu ma‘naviyatni tor ma‘noda tushunishdir. Ta‘lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma‘lum ijtimoiy voqea- hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ularning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi. Ta‘lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta‘sirida shaxs kamolotini ta‘minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta‘lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e‘tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling