Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI.
Bobojonova Saida Sattorjonovna
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 
30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda 
innovatsion ta’lim metodlarining o‘rni haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim, innovatsion faoliyat, ilg‘or metodlar, bilim, ko‘nikma, malaka.
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini 
oshirish, tahlil qilish va amaliyotda joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. 
O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchi, erkin 
ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa, 
ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p 
qirrali samara keltiradi. 
Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lganligi sababli ana shu 
jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ma’suliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina 
qadam qoygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib,zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib 
beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu 
ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi ma’suliyatli ekanligini ko‘rsatadi. 
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish 
metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga 
yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xoxish 
va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. 
Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta 
ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga 
olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigano‘yin 
mashqlardan foydalanib darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab 
o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, 
mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. 
O‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, 
fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko‘nikmasini shakllantirish, ya’ni interfaol 
tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o‘quvchi o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka 
juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, 
yozadi, so‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat 
qiladi. Bu esa o‘quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o‘zlashtirishda tanqidiy, 
tahliliy yondosha oladi. O‘qituvchi faqat yorug‘ ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi
xolos.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni 
o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati materialini bayon qilish, 
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini 
shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. 
Boshlang‘ich sinflarda darslarda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling