Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
skeletini boyitib boradilar.Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga 
o‘rganadilar. 
“Venn diagrammasi”
Ushbu texnologiya ona tili, o‘qish darslarida o‘tilayotgan mavzu haqida o‘z fikriga ega bo‘lish, 
matn bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlash, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon 
etish, hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan 
metodlardan biridir. Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan 
darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan 
ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning 
samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil 
qilish. Bola shaxsini rivojlantirishning dolzarb muammolari mavzusidagi II xalqaro anjuman. – T.: 
2008.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni Barkamol avlod – O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori.- T.: “Sharq”, 1999y


93
Март 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARINI 
SHAKLLANTIRISHDA MULTIMEDIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Esanova Maftuna Axmatkulovna 
Sayxunobod tumani 12-umumta’lim 
maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+99891 509 63 89
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg‘or texnologiyalarni 
hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish, ta’lim mazmunini innovatsion 
yondashuvlar asosida tashkil etish kerak. Bu muhim vazifani ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini 
tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. boshlang‘ich ta’lim tizimining barcha 
bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab 
topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini tatbiq etish zarurdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va multimedia vositalarining qo‘llanilishi nafaqat o‘qituvchi faoliyatiga, balki 
o‘quvchi shaxsining har tomonlama rivojlanishi hamda shakllanishiga asos bo‘lmoqda.
Multimedia vositalari o‘qitish jarayonida foydalanish o‘qitishning sifatini va samarasini 
oshirib o‘rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari bilan olib 
borilgan dars o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. 
Multimedia vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o‘quvchining o‘zi tanlab o‘rganish imkonini 
beradi. O‘qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o‘quvchi o‘z ustida ishlash mumkin bo‘ladi. 
Hozirda multimedia degan so‘z kundalik faoliyatimizda juda ko‘p ishlatilmoqda. Ta’limda 
multimedia texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, “Multimedia nima o‘zi?” degan savolga 
javob beraylik. Кo‘pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini 
umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin: 
Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning 
an’anaviy va original turlari asosida o‘quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib berishning 
mujassamlashgan xoldagi ko‘rinishidir. 
Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo‘lib, u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- an’anaviy axborot turlari: 
- matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan 
parchalar, telekadrlar, animasiya ko‘rinishidagi axborot turlari); 
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy 
prosessorning harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, tezkor va 
video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha 
almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; 
- “inson-kompyuter- inson” interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot 
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir. 
Darsliklarning multimedia ilovasida videolavhalar, interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, 
mashq-topshiriqlar, rebus va krossvordlar berilgan bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy tafakkur va 
tasavvurlarini shakllantiradi, mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini rivojlantiradi. o‘qish 
darslarida lug‘at ustida ishlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, dars samaradorligini oshirishga 
yordam beradi hamda darslik materiallarini o‘rganish bilan bo‘g‘liq holda olib boriladi. 
Lug‘at ustida ishlashda o‘quvchilar matn ichidagi ma’nosini tushunmaydigan so‘z va iboralar 
ochib beriladi. Shu bois so‘z ma’nosini tushuntirishga ko‘p vaqt sarflmaydi, asar mazmunini ochib 


94

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling