Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
TEXNOLOGIYA FANI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION 
YONDASHUVLAR
Tohirov О‘ktamjon Otaqо‘ziyevich
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassisi
Telefon: +998(90) 372-01-04
taavvuz@gmail.com; basmala@inbox.ru
Annotatsiya:“Texnologiya” fanini o‘qitishni yangi bosqichga ko‘tarish, fanni o‘qitishdagi 
asosiy vazifalar, zamonaviy shakl, usul va texnologiyalarni qo‘llashda innovatsion yondashuvlar 
bо‘yicha amalga oshirilgan va amaliyotga joriy qilingan ishlar tо‘g‘risidagi ilmiy va amaliy 
xulosalar keltirilgan.
Kalit sо‘zlar: innovatsion yondashuv, drayver, modernizatsiya, inson potensiali, kadrlarni 
tayyorlash, hayotiy ko‘nikmalar, individual qobiliyat, an’anaviy usul, aralash (blended learning) 
usul, onlayn usul, baholash.
Texnologiya fanini o‘zlashtirgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari sanoat 
sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik 
bazalarining yanada rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajarishi zarur hisoblanadi. Masalan, ishlab 
chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya
AQSH, Izrail, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim 
tizimida ham texnologiya fani umumiy o‘rta ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon mehnat 
bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri 
deb qaraladi.
Texnologiya o‘quv fani o‘quvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, 
dars jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga zamonaviy texnika va texnologiyalar 
asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish, milliy xalq hunarmandchiligi asoslari, energiyani ishlab 
chiqarish va undan foydalanish, mexatronika – LEGO education “Oddiy mexanizmlar”, ijtimoiy-
iqtisodiy texnologiya asoslari, kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. O‘quv fanini 
o‘qitish orqali o‘quvchilda texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratiladi.

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling