Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Тошкент MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NUTNIQINI RIVOJLANTIRISHNING
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Тошкент
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NUTNIQINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI Buxoro viloyati Vobkent tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 34-sonli MTT direktori Tosheva Nodira Umarovna. Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilar tomonidan ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha Grammatik o‘yinlar va ularing bola nutqining o‘sishiga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: inovatsiya, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy maktabgacha ta’lim yoshidagi bola, kompyuter texnologiyalari, Grammatik o‘yinlar, o‘yinli topshiriqlar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy maqsadi: dunyo rivojlangan davlatlari ta’lim darajasiga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash. Shunday ekan, endigi vazifamiz rivojlangan davlatlarning mentalitetimizga mos keladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llash va yangilarini ishlab chiqarishdan iborat. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi ta’lim sohasida sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib keldi. Yangi pedagogik texnologiyalarni tarbiyalanuvchilarga qo‘llashdan oldin tarbiyachi ijodkor bo‘lishi lozim. Ijodkor tarbiyachi har bir bola ko‘ngliga alohida individual tarzda yo‘l topmog‘i, ularnig xarakteriga, temperamentiga mos ravishda faoliyat turlariga qiziqtirish uchun yangi metodlardan, pedagogic texnologiyalardan foydalana olishi shart. Ma’lumki, o‘zbek tili ifoda va mazmun jihatlariga ko‘ra boy til bo‘lib, uni mukammal darajada o‘zlashtirish, chuqur idrokka bog‘liq. Bu jarayon soha mutaxassislaridan bolalar nutqini rivojlantirish va boyitish uchun turli muqobil metodlarni izlab topish va ularni amaliyotga tatbiq etishni talab etadi. Tilni o‘zlashtirish jarayoni bolalar uchun zerikarli bir mashg‘ulot tariqasida emas, balki uni o‘ziga jalb etuvchi o‘yinlar mazmuniga singdirilgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini o‘stirish va ayniqsa, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni o‘yinlar paytida muloqotga jalb qilish ham bolalar nutqidagi Grammatik nuqsonlarni bartaraf etishga, ham yon- atrofdagilardan ortda qolayotganligini his etmasdan tabiiy ravishda o‘zbek tilini o‘zlashtirishlariga zamin yaratadi. Odatda bolalar fe’l zamonlari, otlardagi kelishik, birlik va ko‘plik shakllarini noo‘rin qo‘llab, narsa- buyumlarni zamon va makondagi munosabatlarini to‘g‘ri va aniq ifodalay olmaydilar. Nutqida bunday nuqsoni bor bolalar logopet, hech bo‘lmaganda, ota- onasining, yoki o‘zidan kattalarning ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj, shunchaki, pand- nasihat yoki dakki tariqasida amalga oshirilsa, u nafaqat, bolalarning nutqiy faoliyatiga, balki ularning ruhiy olamiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganlarni inobatga olgan holda, nutqi rivojlanayotgan hamda nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalaring nutqiy imkoniyatlarini o‘stirish faoliyatida amaliy qo‘llanma bo‘la oladigan qator garammatik unsurli o‘yinlar ishalab chiqildi. Tavsiya qilinayotgan o‘yinlar mazmunan harakatchan va didaktik o‘yinlar bo‘lib, ular bolalar o‘zlashtirayotgan Grammatik materialni oson va mustahkam egallashiga yordam beradi, bolalarni jismonan chiniqtiradi, ruhan tetiklashtiradi. O‘yinli topshiriqlar o‘z navbatida rang- barang bo‘lib, bular: koptok ishtirokidagi “O‘rdaklar va ovchilar”, singari harakatli va “ Qo‘g‘irchoqqa yordam ber!”, “Qanday so‘zni eslading?”, “Do‘konda”. Bu grammatikali o‘yinlar bolalar uchun zavqli bo‘lsa-da, mohiyatan ular Grammatik maqsadga yo‘naltirilgan, shu bois, ularing davomiyligi chegaralangan bo‘lishi, bolalar o‘yindan bezib qolmasligi lozim. Eng muhimi, o‘yi jarayonida bolalar ko‘proq rag‘batlantirilib, turilishi va o‘zlarining yutuqlaridan ilhomlanishi lozim. Masalan: “Qo‘g‘irchoqqa yordam ber”. Ko‘zlangan maqsad: - Bolalarning lug‘at boyligini oshirish; - Qo‘shimchalarni qo‘llash bilan bog‘liq nuqsonlarni bartaraf etish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling