Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Январь 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN OG‘ZAKI HISOBLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI Raximboyeva Malika Rustamovna
- Annotatsiya
Январь 2021 10-қисм
Тошкент Badiiy asar tahlilida asarda harakatlanuvchi personajlar tizimi kompozitsiyasiga alohida diqqat qaratish kerak bo‘ladi. Personajlarning o‘zlarini tahlil qilishga emas, balki aynan ular o‘rtasidagi bog‘lanish va munosabatlar tizimi, ya’ni kompozitsiyani tahlil qilishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar: 1. Mirqosimova M. O‘quvchilarni adabiy-estetik tahlilga o‘rgatish. –T.: O‘qituvchi, 1994. 2. Mirqosimova M., Usmonova O. Badiiy asar tahlili vositasida o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish usullari. –T.: 2012 114 Январь 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN OG‘ZAKI HISOBLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI Raximboyeva Malika Rustamovna, Bekchanova Barno Egamberganovna Xorazm viloyati Shovot tuman 38-maktabning boshlang‘ich fani o‘qituvchilari Telefon:+998(93) 708-81-1747 malika38@umail.uz, +998(90) 557-05-47 Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda matematikadan og‘zaki hisoblashni rivojlantirish usullari haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Og‘zaki hisoblash, yig‘indi, ko‘paytma, bo‘linma, arifmetik amallar, distrebutevlik qonuni. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo‘ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan holatdir. Yig‘indidan, ko‘paytmaga o‘tish qoidasi, ko‘paytma, bo‘linma tushuncha- lari, ularning komponentlari orasidagi munosabatlarni mukammal o‘zlashtirishni talab etadiki, bu yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‘lsin. Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan balki ijodiy fikrlay- digan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi. 68·5 = (34·2) · 5 =34· (2·5) = 34·10 =340 68·50= 34·100=3400 Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra: 17·50= (16+1) ·50= 16·50+1·50=800+50 = 850 Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra: 135:5= (135·2) : (2·5) =270:10=27 2250:50=4500:100=45 O‘quvchilar diqqatini og‘zaki va yozma ko‘paytirishga jalb etish zarurki, bunda o‘quvchilar qiziqishi ortib borsin. 24·25 = (6·4) · 25= 6· (4·25) = 6·100=600 Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur: 24·25=(24:4) ·(25·4) = 6·100=600 Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir: 37·25=(36+1)·25=36·25+25=900+25=925 35·25=(36-1)·25=36·25-25=900-25=875 38·25=(36+2)·25=36·25-2·25=900+50=950 25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni (25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. (Bu chorak, bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.) Masalan: 36·26=36·(25+1)=36·25+25+36·1=900+36=936 36·24=36·(25-1)=36·25-36·1=900-36=864 25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to‘ldirish qoidalariga asoslanadi: 225:25=(225·2): (25·2) yoki (225·4): (25·4)=900 : 100=9 Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebyuterlik qonuniga ko‘ra: 678·9=678(10-1)=6780-678=6102 577·99=577(100-1)=57700-577=57123 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling