Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Январь 2021 10-қисм
Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH Uraqova Dilafro‘z Omonovna Samarqand viloyati Paxtachi tumani 24-umum ta’lim maktabi ning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatishda pedagogik texnologi- yalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish. Kalit so‘zlar: ko‘rgazmali qurol,o‘quvchi,matematika,didaktik o‘yin,ta’lim. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga fan asoslarini, ayniqsa, matematika fanini o‘rgatish o‘ziga xos qiyin kechadi. Jumladan, birinchi sinfga qabul qilingan bolalarga matematika fanini o‘rgatish o‘qituvchida murakkabliklar keltirib chiqaradi. Bolalar bilimidagi va ularning fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan qizikishlaridagi turli-tumanlik kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Bu mas’uliyat quyidagilarda namoyon buladi har bir darsga dars mavzulari va o‘quvchilar bilim darajalaridan kelib chiqib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishda, dars davomida darsning asosiy maqsadlaridan kelib chiqib, didaktik uyinlardan foydalanishda didaktik o‘yinlar, butun sinf ishtirok etganda bolalar o‘rtasida o‘zaro hamkor bo‘lib ishlash, o‘z-o‘zini boshqara bilish, diqqatni bir joyga yig‘ish, saranjomsarishta bo‘lish, tez tushunish va savollarga tez javob berish va boshqa tarbiyaviy xislatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday didaktik o‘yinlar, o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan yotsirash xislatlarini kamaytiradi. Natijada o‘qituvchi bolaga do‘stga, u yoki bu masalani hal qilishda hamkorga aylanadi. Matematika darsida foydalaniladigan har qanday didaktik o‘yinlardan asosiy maqsad - ta’limiy maqsaddir. Ta’lim - o‘quvchilarga dars jarayonida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirish hamda mustahkamlashning rejali jarayonidir. Sinf o‘quvchilarining bilish darajasi va qiziqishlari matematika darsining mazmuni va sutrukturasidan kelib chig‘ib, uning hajmiga katta ahamiyat bergan holda, undan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin. Darsning boshida o‘quvchilarni shu darsga qiziktirish uchun, darsning o‘rtasida yangi mavzu materiallarining yaxshi o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun, darsning oxirida esa egallagan matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlash va nazariy bilimlarni kundalik amaliy hayot bilan bog‘lash maksadida kiritiladi. Ilg‘or boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish tajribasi shu narsani ko‘rsatmoqdaki, matematika dasturidagi barcha mavzularda didaktik o‘yinlardan unumli foydalanish mumkin. Hatto, «O‘nlik» mavzusidagi birinchi darslarda ham didaktik uyinlardan foydalanish imkoniyatlari katta. Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan asosan bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham har tamonlama farq qiladi. Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida material mazmuni nazariyaning amaliy masalalar (sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog‘lanishi yanada mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan. Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Adabiyotlar: 1. Bantova M.A., Beltyukova G.B., Polevshikova A.M. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. 2. Levenberg L.Sh., Axmadjonov I.G., Nurmatov A.N. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling