Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Январь 2021 10-қисм
Тошкент YOSHLARIMIZNI GLOBALLASHUVNING ZARARLI TA’SIRLARIDAN HIMOYALASH Shukurova Shahnoza Shukurovna Andijon shahar 17-maktabning tarbiya fani o‘qituvchisi Tel: +998916103074 Annotatsiya. Ushbu maqolada tarbiyani insonparvarlikning yuksak ko‘rinishi sifatida uni umuminsoniy, axloqiy, siyosiy jihatdan ahamiyati milliy va zamonaviy ruhda ifodalab berilgan. Kalit so‘zlar. Tarbiya, barkamol avlod, globallashuv. Insoniyat yaralibdiki, u har doim tahdidlar, ziddiyatlar va xavotirlar girdobida yashab kelgan. Bunday negativ taraqqiyotning turli bosqichlarida, turli xil ko‘rinishlarda va turli nomlarda atalib kelinmoqda (urushlar, tabiiy va texnogen fojealar,yadro urushi xavfi va boshqalar).”XX asrning so‘nggi yilliklarida insoniyat mutlaqo yangi hodisa globallashuv davriga kirdi.Bu atama 1983-yilda amerikalik olim T.Levitt tomonidan birinchi bora tilga olingan edi. Juda qisqa vaqt ichida “Globallashuv” eng ommalashgan tushuncha darajasiga ko‘tarildi”. U kirib bormagan soha qolmadi. Unga turli ta’riflar berish va sohalar bo‘yicha tahlil qilish odat tushiga kirib bo‘ldi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, globallashuv jarayonining barcha sohalardagi ko‘lami va salohiyati dunyo xalqlari hayotini o‘zgartirishdagi qudratini o‘tmishda bo‘lib o‘tgan inqiloblar bilan tenglashtirish mumkin. Globallashuvni “Yangi zamon inqilobi” ekanligi masalasi jiddiy fikr yuritishga undaydi. Zero, “Inqilob” qanday mazmunda qo‘llanilishidan qat’iy nazar, uning natijasida jamiyat hayoti yillar davomida amal qilib kelinayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy – madaniy turmush tarzi keyin o‘zgarib ketadi.Ammo biz “Inqilob” atamasini alohida bir davlatda sodir bo‘ladigan voqelikka emas, ayni vaqtda umumbashariy hodisa hisoblangan va insoniyat taqdirida keskin o‘zgarishlar yasashga qodir bo‘lgan “Globallashuv”ga nisbatan ishlatmoqdamiz. Aynan shu jihatlari bilan bugungi kunda globallashuv “Dunyo odami”ni yaratish, madaniyatlar integratsiyasi, qadriyatlar qo‘shiluvini maqsad qilganligi bilan, insonning ongi, qalbi va ruhiyatini egallash, oxir oqibatda ular ustidan hukmronlikni o‘rnatishga intilayotgan kuchlar qo‘lida qurol bo‘lganligi bilan ham insoniyat hayotiga tahdid va xavf-xatardir. Dunyo ne’matlariga yakka egalik qilish, boshqa xalqlar ustidan o‘z hukmonligini o‘rnatish masalasi, endilikda mutlaqo yangicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.Bugungi kunda ilm- fanning eng yangi yutuqlaridan, dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy holatlardan foydalanish urf bo‘lib borayotir. Globallashuv davrida yuksak rivojlangan mamlakatlar endi taraqqiyot yo‘liga kirib borayotgan mamlakatlardagi millatlar va elatlarni qaram qilishning eng maqbuli hisoblangan ma’naviy muhitiga ta’sir qilish usulidan faol foydalanmoqdalar.Ma’lumki,g‘oyalar, qarashlar,axloqiy, huquqiy, estetik, diniy me’yorlar insonga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar ma’naviy muhitni tashkil qiladi.Ma’naviy muhit shaxsni ham, muayyan avlodni ham ma’lum yo‘nalishda shakllantiradi, tarbiyalaydi ularda ijobiy xislatlarni yuzaga chiqaradi, ularni nomaqbul ta’sirlardan himoya qilishga harakat qiladi.Chetdan qabul qilingan yangi qadriyatlarning ham taqdirini belgilaydi, rivojlantiradi, unutilishga mahkum etadi yoki o‘zgartirib o‘ziga moslashtiradi. Hozirda yoshlarimizni globallashuvning zararli ta’sirlaridan himoylash, uning negativ ta’sirlariga qarshi tura oladigan mafkuraviy-g‘oyaviy immunitetni shakllantiriish dolzarb muammoga aylandi. Bugungi kunda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sanaladi.Bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlilik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Bunda biz ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir”,degan o‘gitiga amal qilishimiz zarur. Oldimizda turgan ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha – barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling