Regressiya koeffitsiyentlari uchun ishonch oraliqlari.[1] Bahoning standart xatoligi berilgan qiymatlarning regressiya chizig’i atrofida qanchalik sochilganini ko’rsatadi. Bu kattalik, ya’ni tanlanma qiymatlari hamda regressiya tenglamasi yordamida topilgan qiymatlar orasidagi o’rtacha kvadratik og’ish quyidagi tenglama yordamida topiladi:
Syx = (2.2.3)
bu yerda,
Syx – Y ning X ga regressiyaning standart xatoligi;
Y – tushuntiriluvchi o’zgaruvchining tanlanma qiymati;
- Y ning regressiya tenglamasi yordamida hisoblangan qiymati yoki Y ning bahosi;
n – tanlanma hajmi.
Oddiy chiziqli regressiyada yana uning har bir parametrining ham ahamiyatliligi tekshiriladi. Bu maqsadda har bir parametrning standart xatoligi aniqlanadi: , Sb1, ..., Sbi.
Regressiya koeffitsiyentining standart xatoligi quyidagi formuladan topiladi:
Sbi = (2.2.4)
MSE = formula bilan aniqlanib, qoldiqning bir erkinlik darajasiga mos dispersiyasi.
Standart xatolikning kattaligi hamda n-k erkinlik darajasi va α ahamiyatlilik darajasi bilan olingan Styudentning t - taqsimoti regressiya koeffitsientlarining ahamiyatliligini tekshirish va ularning ishonch oralig’ini hisoblash uchun ishlatiladi.
Regressiya koeffitsiyentlarining ahamiyatliligini baholash uchun t – statistikaning qiymati hisoblanadi.
tbi =
Bu hisoblangan qiymat ilovadagi t – statistikaning t(α; n-k) qiymati bilan solishtiriladi. Hal qiluvchi qoida ikki yoqlama gipoteza uchun va bir yoqlama gipoteza uchun huddi tanlanma korrelyatsiya koeffitsiyenti uchun Styudent mezoni kabi.
Regressiya koeffitsiyenti uchun ishonch oralig’i
bi ± t(α/2; n-k)·Sbi
formula bilan aniqlanadi.
bi > 0. o’sishi bilan ham o’sadi;
bi < 0. o’sishi bilan kamayadi;
bi = 0. o’sishi yoki kamayishi ga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi yoki natijaviy ko’rsatkich omil ga bog’liq emas.
Oddiy regressiyada bi ning ishorasiga qarab regressiya chizig’ining joylashishi.
Ishonch oralig’i qarama – qarshi ishorali chegaralardan iborat bo’lmasligi zarur. Masalan: -2,7 ≤ bi ≤ 1,5. Bunday yozuv regressiya koeffitsiyentining haqiqiy qiymati bir paytning o’zida ham manfiy, ham musbat qiymatlarni va hatto nolni ham qabul qilishi mumkinligini bildiradi. Buning esa bo’lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |