Toshkent-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet


Regression model qurish va uning tahlili


Download 0.63 Mb.
bet25/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1563520
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Hakimova Dildora МД (диссертация Word) 1

3.2. Regression model qurish va uning tahlili
Y tushuntiriluvchi va X1,X2,X3 tushuntiruvchi prediktorlar asosida nuqtaviy diagrammalar qurish va orasidagi bog’lanish asosida xulosalar berish:
––Y (sof foyda) va X1 (jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar) tanlanmalarning nuqtaviy diagrammasi:
Xulosa: Sof foyda va jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar orasida o’suvchi, chiziqli, kuchsiz bog’lanish bor. Demak sof foyda o’sishi bilan jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar ham o’sib borar ekan.
––Y (sof foyda) va X2 (jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan qarzlar) tanlanmalarning nuqtaviy diagrammasi:

Xulosa: Sof foyda va jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar orasida o’suvchi, chiziqli, nisbatan kuchli bog’lanish bor.
––Y (sof foyda) va X3 (jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar) tanlanmalarning nuqtaviy diagrammasi:

Xulosa: Sof foyda va jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar orasida o’suvchi, chiziqli, nisbatan kuchli bog’lanish bor. Demak sof foyda o’sishi bilan jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar ham o’sib borar ekan.
Sof foyda bilan boshqa prediktorlar orasidagi bog’lanish haqida xulosa bergandan so’ng, prediktorlar orasidagi o’zaro bog’lanish haqida xulosa berish uchun ularning o’zaro nuqtaviy diagrammalari grafiklarini chizib olamiz.
Tushuntiruvchi prediktorlar orasida nuqtaviy diagrammalar qurish va grafik asosida xulosalar chiqarish:

Xulosa: X1 (jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar) va X2 (jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar) orasida kuchsiz,musbat, chiziqsiz bog’lanish bor.
X1 (jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar) va X3 (jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar) orasida nisbatan kuchli, musbat, chiziqli bog’lanish bor.
X2 (jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar) va X3 (jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar) orasida kuchli, musbat, chiziqli bog’lanish bor.
Endi grafik asosida berilgan xulosani asoslash uchun korrelyatsiya koeffitsiyentini qiymatini hisoblaymiz. Korrelyatsiya koeffitsiyenti ikki o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’lanish qanchalik kuchli ekanini ko’rsata oladi. Korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash uchun korrelyatsion matritsa qurib olamiz.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling