Kichik banklar faollik reytingi.[10] Joriy yilning 3-choragida O‘zbekistondagi 14 ta kichik banklari faollik reytingida yetakchilar mos ravishda Davrbank, Ziraat bank va Universal banklar bo‘lishdi.
Shuningdek, ikki xorijiy banklar – Tenge bank va O‘zKDB umumiy reytingda o‘z o‘rinlarini 1 pog‘onaga yaxshilashdi.
Markaz metodologiyasiga ko‘ra, boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari faqat miqdoriy o‘lchovlarga asoslangan. Masalan, bankning har bir xodimiga to‘g‘ri keluvchi sof foyda/zarar miqdori hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, Tibisi bank va Anor bank o‘z faoliyatini 2020 yilning 4-choragida boshlagan va hozirda shakllanish bosqichida. Shuning uchun, banklar bozorga to‘liq moslashguncha operatsion xarajatlari yuqori darajada qolishi kutilmoqda. Bu statistic ma’lumotlar reytingi quyidagi jadvalda berilgan:
Yuqoridagi statistikani asoslash uchun O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklarni faoliyati samaradorligiga ta’sir o’tkazuvchi omillar asosida tadqiqot o’tkazmoqchimiz. Tadqiqot o'tkazish uchun biz O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan 31 ta tijorat banklarining sof aktivlari qiymati to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslangan ekonometrik modelni tuzmoqchimiz, bu yerda sof foyda bog'liq o'zgaruvchiga aylanadi. Mustaqil o'zgaruvchilar sifatida - bankning asosiy ko'rsatkichlari, shu jumladan: jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi, jismoniy shaxslarning depozitlari hajmi va jismoniy shaxslarning muddati o'tgan kreditorlik qarzlari. Barcha ko'rsatkichlar 2022 yil 1-yanvar holatiga ko'ra berilgan.
Ushbu ko'rsatkichlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq, chunki ularning barchasi bank muassasalari samaradorligini baholashga xizmat qiladi, xususan, ular birinchi navbatda bankning sof foyda ko'rsatkichiga ta'sir qiladi. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, Minitab programmasi yordamida regressiya modelini tuzamiz va uni tahlil qilamiz.
Tahlilning maqsadi: Sof foydaning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda sof foydaning o’sishini bashorat qiluvchi regression model qurish. Tahlilda avvalo, statistik ma’lumotlar tavsiflanadi, ma’lumotlar jadvali keltiriladi va manbalar ko’rsatiladi.
Y- Sof foyda ( Mlrd so’m );
X1-Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar (Mlrd so’m );
X2-Jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar (Mlrd so’m );
X3-Jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar (Mlrd so’m ).
Do'stlaringiz bilan baham: |