Toshkent-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet
Download 0.63 Mb.
|
Hakimova Dildora МД (диссертация Word) 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashorat qiymati uchun ishonch intervallari
- Iqtisodiy xulosa
3.3. Model asosida bashorat
Regression modelida qatnashgan o’zgaruvchilarning o’rtacha qiymatlari uchun bashorat quramiz. Avvalo, o’zgaruvchilarni o’rtacha qiymatlarini hisoblaymiz: Jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar: = 548 mlrd so’m. Jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar: = 1 203 mlrd so’m. Xulosa: Jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar 548 mlrd so’mga, jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar esa 1 203 mlrd so’mga teng bo’lganda banklar sof foydasining o’zgarishi 182 060 590 mlrd so’mga teng bo’lar ekan. Bashorat qiymati uchun ishonch intervallari: Minitab programmasi yordamida ishonch intervallarini hisoblaymiz: Predicted Values for New Observations New Obs Fit SE Fit 95% CI 95% PI 1 182060590 22217539 (136205843; 227915336) (-59408114; 423529293) –O’rtacha qiymat E(y)|xp uchun interval baho-ishonch intervali (CI) hisoblanadi. Jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar o’rtachasi =548 mlrd so’m va jismoniy shaxslar qo’ygan omonatlar o’rtachasi =1 203 mlrd so’mga teng bo’lganda banklar sof foydalari o’rtachasi 95 % ishonchlilik bilan (PI) – 59408 114% dan 423 529 293%gacha oraliqda bo’lar ekan. –O’rtacha qiymat Y|xp uchun interval baho-bashorat intervali (PI) hisoblanadi. Jismoniy shaxsga berilgan muddati tugagan kredit o’rtachasi = 548 mlrd so’m va jismoniy shaxs qo’ygan omonat o’rtachasi =1 203 mlrd so’mga teng bo’lganda bank sof foydasi o’rtachasi 95 % ishonchlilik bilan (CI) 136 205 843 % dan 227 915 336% gacha oraliqda bo’lar ekan. Iqtisodiy xulosa Taklif etilgan regression modelini bashorat uchun qo’llasak bo’ladi. Bu model bilan tushuntiriluvchi ko’rsatkich ya’ni banklar sof foydalari o’zgarishini 80,6% ga tushuntirib berar ekan. Modelda qatnashayotgan jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar va jismoniy shaxslarga berilgan omonatlar birgalikda banklar sof foydalari o’zgarishini yaxshi tushuntiradi. Shu bilan birga modelda qatnashayotgan har bir o’zgaruvchi ya’ni jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar va jismoniy shaxslarga berilgan omonatlar banklar sof foydalarining o’zgarishiga yaxshi ta’sir ko’rsatar ekan. Regressiya modelimiz ma’lumotlari iqtisodiy xulosalar qilishga yetarli bo’ladi. Model bo’yicha qo’shimcha taklif berishimiz shart emas, ya’ni xulosalar chiqarishimizga ma’lumotlar yetarli bo’ldi. Umuman olganda, ushbu model amalda bankning sof foydasiga omillarning ta'sirini tahmin qilish va baholash uchun muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Bu bashorat modeli O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining kelajakdagi istiqbolli o’sishlarida jismoniy shaxslarga berilgan muddati tugagan kreditlar va jismoniy shaxslarga berilgan omonatlar asos bo’lib xizmat qilar ekan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling