Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

173
VIII bob.
 Huquqning 
mohiyati
Huquq insoniyat aql-idroki, tafak-
kuri mahsuli sifatida noyob, benazir hodisa 
bo‘lganligi bois, uning talqiniga qiziqish na-
faqat so‘nmas, balki tinimsiz ortib bormoqda. 
Huquq mavjud bo‘lgan butun tarixiy davr 
mobaynida uning talqini va ta’rifiga bag‘ishlangan ko‘plab ta’limotlar, konsep-
siyalar, nuqtayi nazarlar yaratilgan. Ushbu ta’limotlarning turli-tumanligiga 
huquqni tushunish pozitsiyasi, saviyasi sababdir. 
Huquqni tushunish – inson-
ning huquqni anglash, uni o‘zi uchun qabul qilish (baholash) va unga ijtimoiy 
hodisa sifatida o‘z munosabatini bildirish borasidagi maqsadga yo‘naltirilgan 
fikriy faoliyatining jarayoni va natijasidir.
Huquqni tushunish 
subyektlari – fuqarolar, oddiy insonlar; professional 
huquqshunoslar, huquq ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar. Huquqni tushunish 
hamisha subyektiv tabiatga ega.
Huquqni tushunish 
obyekti – sayyoramiz miqyosidagi huquq, mamlakat 
(jamiyat) miqyosidagi huquq, huquq sohasi, huquq instituti, huquqning alohida 
normalari.
Huquqni tushunish 
mazmunini subyektning o‘z huquq va majburiyatlari, 
aniq va umumiy huquqiy imkoniyatlar (ruxsat etilgan holatlar), taqiqlangan ho-
latlar, shuningdek undagi qoidalarning adolatliligi yoki adolatsizligi borasidagi 
fikri (bahosi) ifodalangan bilimlari tashkil etadi.
Huquq haqidagi turli ta’limotlar va nuqtayi nazarlar mazmunini yori-
tishda quyidagi holatlarga (omillarga) e’tibor qaratish lozim: 
birinchidan, 
«tadqiqotchi» huquq harakatlangan qaysi tarixiy davrda va madaniy ma-
konda yashagan; 
ikkinchidan, huquqni anglash natijasi hamisha huquqni 
o‘rganuvchi subyektning falsafiy, axloqiy, diniy, mafkuraviy pozitsiyasiga 
bog‘liq; 
uchinchidan, u yoki bu konsepsiyaning asosini nima tashkil etadi 
(huquq yaratilishining manbayini yoki bu hodisaning mohiyatini nima tash-
kil qiladi), huquqning manbayi (insonmi, Xudomi yoki tabiatmi) va mohiyati 
sifatida nima tushuniladi (sinf irodasimi, inson erkinligining me’yorimi yoki 
individning tabiiy egoizmimi); 
to‘rtinchidan, bir tomondan, konsepsiyaning 
barqarorligi va uzoq yashashi, ikkinchi tomondan, uning o‘zgaruvchanligi, 
rivojlanayotgan ijtimoiy munosabatlar moslashuvchanligi. Huquq aslida nima 
ekanligini, uning mohiyati va belgi-xususiyatlarini mukammalroq anglash 
uchun uning qadimiy talqinlariga, shakllanish ildizlari va rivojlanish qonuni-
yatlari izohiga qaytib ish ko‘rish afzal.
Qadimgi yunon faylasuflari, davlat va huquq masalalari bilan mashg‘ul 
bo‘lgan olimlari va amaliyotchilari bildirgan nodir fikrlar, yaratgan ta’limotlarini 
o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Qadimgi yunon ijtimoiy-huquqiy fikri quldorlik 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling