Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv.
181
VIII bob. Huquqning mohiyati sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletar davlatining manfaatlari talab qilsa, sudyalar huquqiy ongga murojaat qilishi dekretlarda tan olingan edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiy ongga asoslanib, «aybdorlarni» joyida otib tashlash intuitiv huquqi keng miqyosda qo‘llanildi. Buning salbiy oqibatlari hammaga ma’lum. Aytish joizki, huquqni tushunishga psixologik yondashuv nazariya- sining asoschisi L.I. Petrajitskiy huquqni obyektiv va subyektiv, in- tuitiv va pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lib tushuntiradi. Yuri- dik amaliyotda, xususan, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida psixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin. Huquq normalari harakatining psixologik mexanizmini bilish nihoyatda muhim, chunki u huquqni amalga oshirishda huquqni qo‘llovchi subyektning kas- biy mo‘ljallarining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, huquqni qo‘llash motivlarining asosli bo‘lishini nazarda tutadi. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida mantiqan shakllandi. Uning asosiy namoyandalari Gustav Gugo (1764-1844), K. Savin (1779-1861), G. Puxta (1798-1846) va boshqa olimlardir. Mazkur yondashuv tarafdorlari tabiiy huquqiy ta’limoti hamda qonunchilik hokimiyati organlarining huquq yaratuvchi faoliyati natijasida sun’iy ravishda yaratiladigan pozitiv huquq g‘oyasini tanqid qiladilar. Ularning fikricha, huquq o‘z-o‘zidan vujudga keladi, shu nuqtayi nazardan u tilning kelib chiqishiga o‘xshaydi. Til shartnoma, biror shaxs yoki davlat organining ko‘rsatmasi bilan o‘rnatilmagani, xudo tomonidan ato etilmagani kabi, huquq ham faqat qonun ijodkorlik faoliyati bilan emas, balki xalqning turmush sharoitlari asosida tegishli normalarning tasodifiy shakllanishi bilan ham vujudga keladi. Huquqiy normalarning va institutlarning shakllanishi va taraqqiyoti obyektiv rivojlanish natijasidir. Ushbu rivojlanish o‘z-o‘zidan, davr talabi va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun insonlar bu jarayonga aralashmasliklari lozim. Huquqqa tarixiy yondashuvning mashhur vakili K. Savi- nining fikricha, milliy ruhning harakati bilan huquq ham tasodifiy rivojlanadi. Taraqqiyotning birinchi bosqichida huquq odatlar shaklida namoyon bo‘ladi, ikkinchisida huquqshunos olimlar tomonidan ishlov beriladi, bunda u o‘zining ildizi – xalqning umumiy e’tiqodi bilan aloqasini yo‘qotmaydi. Xalq ruhi bilan sug‘orilmagan huquq jamiyatda yashab keta olmaydi. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari: – huquq – tarixiy hodisa bo‘lib, til kabi faqat biror kishining kelishu- vi yoki kimningdir ko‘rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiy sharoitdan kelib chiqadi va rivojlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling