Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
177
VIII bob. Huquqning mohiyati – huquq va axloq aynanlashtiriladi, (mazkur nazariya namoyandalari- ning fikriga ko‘ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik, tenglik kabi axloqiy tushunchalar huquqning o‘zagini tashkil etadi va huquq ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash jarayonini belgilab beradi; – inson huquqlarining manbayi qonunlarda emas, balki insonning tabia- tida bo‘lib, unga tug‘ilishdan (yoxud xudoning amri bilan) ega bo‘lish mumkin. Huquqni tushunishning tabiiy huquq nazariyasi quyidagi ijobiy jihatlarga ega: – birinchidan, nazariyalar orasida eng ilg‘ori bo‘lib, yangi erkin demokra- tik davlat tuzumi yaratilishiga asos bo‘ldi; – ikkinchidan, qonunlar huquqiy bo‘lmasligi mumkin, agar qonunlar insonning tabiiy huquqlariga zid kelsa, ularni inkor qilsa, adolat, haqiqat, erkin- lik, tenglik me’yorlari buziladi; – uchinchidan, inson huquqlarining manbayi tabiat yoxud Alloh deb tan olinadi. Shu bois davlat tuzilmalari va mansabdorlar tomonidan zo‘ravonlik qilishning, suiiste’molliklarning oldini olish imkoni yaratiladi. Huquqni bunday tushunish ham muayyan salbiy jihatlarga ega bo‘lishi mumkin. Xususan: 1. Huquqni mavhum axloqiy qadriyat sifatida tushunish uning shakliy- yuridik xususiyatlarini susaytiradi, qonuniy va qonunga xilof harakatlar me- zonini har xil odamda har xil bo‘ladigan erkinlik, adolat, haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlarga qarab belgilashda qiyinchiliklarga olib keladi. 2. Huquqni bunday tushunish obyektiv huquq bilangina emas, balki, huquqiy ong bilan ham ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy ong esa, turli xil odamlarda turlicha bo‘ladi. Huquqni bunday tushunishga O‘zbekistonda ham alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston davlatining qonunlari ham insonning tabiiy huquqla- rini adolat, haqiqat, erkinlik, mustaqillik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda belgilamoqda. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimiz ham huquqni tabiat yoxud Alloh tomonidan insonlarga beril- gan imkoniyatlar majmui deb tushunganlar. An’anaviy hamda «yangilangan» tabiiy huquq nazariyasi, o‘zining mazmun jihatidan aniq shakllantirilmagan- ligi, tushunchalarning noaniqligi, ko‘p o‘rinlarda axloq va huquq aralashib ketganligi va umumiy ahamiyatga ega emasligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, tabiiy huquq yondashuvining ilg‘or va ijobiy jihatlariga, insonlar- ning tengligi va erkinligi g‘oyasi, adolat va uni ta’minlash masalasi, insonlar- ning ajralmas huquqlari, huquqning hukmronligi, hokimiyatning cheklanganli- gi, davlat va fuqarolarning o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘langanligi, 12–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling