Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
186
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi qoidalari ustunligini tan olish prinsipi o‘z aksini topgan. Shuningdek, Kons- titutsiyamizning bir qator moddalarida o‘ta muhim boshqa huquqiy prinsiplar mustahkamlangan. Ulardan ba’zilarini eslab o‘tamiz: davlat organlari va man- sabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi (2-modda), xalq ho- kimiyatchiligi (7-modda), davlat hokimiyatining bo‘linishi (11-modda), siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi (12-modda), Konstitutsiya va qo- nunlarning ustunligi (15 va 16-moddalar), fuqarolarning qonun oldida tengligi (18-modda) va hokazo. Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchun Shvetsiya Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyada butun davlat hokimi- yati xalqdan kelib chiqadi. Shved xalqining boshqaruvi fikrlarni erkin shakllan- tirish hamda umumiy va teng saylov huquqiga asoslanadi. Boshqaruv davlat tuzumi vositasi bilan, vakillik va parlament tizimi hamda kommunal o‘zini o‘zi boshqarish orqali amalga oshiriladi». Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barcha prinsiplar orasida ular alohida muhim o‘rin tutadi. Adolat va erkinlik prinsipi ko‘pgina nufuzli xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarda, mamlakat ichki qonunchiligida o‘z tasdig‘ini topgan. Fikrimizning dalili sifatida 1948-yilda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. Huquq prinsiplarining mazmuni, namo- yon bo‘lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish ko‘lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq prinsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq prinsiplari o‘z tabiatiga ko‘ra ij- timoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo‘linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmoqlararo prinsiplar to‘g‘risida fikr-mulohazalar mavjud. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling