Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi – huquqning 
ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo‘lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini 
o‘rnatish, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mus-
tahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida huquq egalariga sub-
yektiv huquqlar berish va yuridik majburiyatlar yuklashda namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy munosabatlarni qo‘riqlash zaruriyati har doim bo‘lgan va bundan keyin 
ham bo‘ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi 
bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishi huquqning qo‘riqlovchi funksi-
yasini tashkil etadi.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasi bilan 
belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga 
molik, o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosa-
batlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi 
va shu bilan birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga 
qaratiladi.
Qo‘riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida 
vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash, taqiqlar o‘rnatish 
va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan ogohlantirib, kishilar irodasiga 
ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi;
ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy 
qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risida ijtimoiy munosabat subyekt-
lariga axborot beriladi;
uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, 
huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlat-
ning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda, yanada aniqroq 
namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat organlari huquq subyektlari tomonidan 
qonun talablarining qat’iy, so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi, jamiyatda qo-
nuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, 
13–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling