Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqning regulyativ funksiyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a’zolarining yurish-turi-
shi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy 
munosabatlarni yuridik tashkil etish, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni 
uyg‘unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy 
Huquq funksiyalari 
tushunchasi va 
turlari
3-§.


192
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
ta’sirning yana ikki – 
regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksi-
yalar yo‘nalishi haqida so‘z yuritish mumkin.
Huquqning regulyativ-statik, ya’ni tartibga soluvchi – statik funk-
siyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlar, ularning holati va erishil-
gan darajasini mustahkamlash hamda barqarorlashtirishga qaratilgan ta’siri 
tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida 
mustahkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funk-
siya turli subyektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan, inson va 
fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash, davlat organlari va 
mansabdor shaxslarning vakolatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq-
dorligini belgilashda namoyon bo‘ladi. 
Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. 
Zero, fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi, ular shu vakolat-
lar doirasida erkin, o‘zlari istagancha faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik 
kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qiladilar.
Tartibga soluvchi – statik funksiya vakolat beruvchi va man etuvchi 
normalar orqali amalga oshadi, shu bois, ular asosida tarkib topadigan mu-
nosabatlar passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday hol-
larda huquq subyektlari o‘zlari tashabbus ko‘rsatib huquqiy faollik qilishlari 
mumkin.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling