Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
194
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi uni buzganni tergov qilish va aybdorni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta’minlanadi. Shunday qilib, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – huquqning bevosita amal qilishi bo‘lsa, davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kafolatidir. Bunda maxsus organlar (IIV organlari, prokuratura, sud)ning huquqni qo‘riqlashga qaratilgan faoliyati namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, eng muhimi, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo‘naltirilgandir. 195 X bob. Huquqning shakli (manbai) Demokratiya sharoitida xalqning iroda- si davlat amri darajasiga ko‘tarilishi, umum- majburiy qoidaga aylanishi, belgilangan shaklda o‘rnatilishi va mustahkamlanishi lozim. Yuridik adabiyotda huquqiy normani o‘rnatish va ifoda etish shakli, odatda, huquqning manbayi eng umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli hisoblanadi. Biroq, «huquqning manbayi» va «huquqning shakli» degan iboralarga hamma olimlar ham aynan bir ma’noni beruvchi sinonim so‘zlar deb qaramaydilar. Bir guruh olimlarning fikricha, huquqning manbayi deganda, huquqning ifodalanish shaklini emas, balki uning vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi moddiy manbani, iqtisodiy tuzumni, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usulini tushunish kerak 1 . Falsafiy ma’noda, gnoseologik nuqtayi nazardan bu fikr to‘g‘ri. Chunki ustqurma hodisalari, mafkuraviy va ma’naviy hayot voqe- liklari pirovardida o‘z ibtidosini, manbayini iqtisodiyotda topadi. Bu xulosani huquqqa nisbatan ham berish mumkin. Biroq, huquqni vujudga keltiruvchi moddiy manba sifatida davlatni, davlat hokimiyatini; uning yuridik manbayi sifatida esa – huquq ijodkorlik faoliyatini, qonunchilik jarayonini tan oluvchi olimlar ham bor 2 . Ikkinchi guruh olimlar «huquqning manbayi» va «huquqning shakli» iboralari o‘rtasida hech qanday farq ko‘rmaydilar, ularni aynan bir ma’noda, sinonim sifatida qo‘llayveradilar 3 . Ayniqsa, huquqning muayyan tarmoqlari bo‘yicha mutaxassislar «huquqning manbayi» degan iborani, hech ikkilanmas- dan, huquqiy qoidalarni bayon etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni anglatish uchun ishlatadilar. 1 Qarang: Кечекьян С.Ф. О понятии источника права. «Ученые записки МГУ», вып 16, кн.11. – М., 1946. – 3–4-betlar. 2 Александров Н.Г. Понятие источника права. В кн.: «Учен.зап, ВИЮН, 1946, вып.8, – 49–51-betlar; М.С. Страгович. Теория государства и права, – М., 1940. – 173-bet. 3 Фаткуллин Ф.Н. Проблемы теории государства и права. – Изд. Казан. Ун-та, 1987. – 189–192-betlar. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling