Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

197
X bob.
 Huquqning 
shakli (manbai)
normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy shakli bo‘lsa, boshqa davlatlarda 
boshqaruv organlarining berilgan vakolat asosidagi (delegirovannoye) huquq 
ijodkorligi keng tarqalgan; uchinchi bir mamlakatlarda presedentlar va sud 
qarorlari; to‘rtinchi toifa davlatlarda – diniy qoidalar (Qur’on, sunna, ijmo, ma-
salan, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar) ustunlik qiladi.
Ilmiy manbalarni o‘rganish shuni 
ko‘rsatadiki, huquqiy odat davlatchilik shakl-
lanishining ibtidosida ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy qoidalarning tarixan birinchi ko‘rinishi bo‘lgan. Odat 
normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish alohida ahamiyat 
kasb etadi. 
Odat – doimiy takrorlanishi natijasida kishilar ongida shakllangan 
xulq-atvor qoidasi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi man-
balar tizimida odat va huquqiy odatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi 
barcha odatiy qoidalar ham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi.
Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda 
odat normalaridan keng foydalanilgan va davrlar o‘tishi bilan odat o‘z o‘rnini 
huquqqa bo‘shatib bera boshladi. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga 
bo‘lish mumkin:
Birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda jami-
yatdagi barcha ijtimoiy munosabatlar odat orqali tartibga solingan, ya’ni bu 
davrda huquq umuman bo‘lmagan, chunki bunda huquqni yuzaga keltiruvchi 
davlat ham bo‘lmagan.
Ikkinchi bosqich – odat va huquqning birgalikda amal qilgan davri. Bu 
davrda davlat paydo bo‘lib, asta-sekinlik bilan huquq normalari vujudga kela 
boshlagan, ya’ni huquq o‘z-o‘zidan, paydo bo‘lib, zudlik bilan odat asosida tartibga 
solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan emas, aksincha bosqichma-
bosqich, asta-sekinlik bilan odat o‘rniga, davlat tomonidan yaratilgan huquq 
normalari kela boshlagan.
Uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda odat 
o‘z o‘rnini davlat tomonidan yaratilgan huquqqa bo‘shatib bergan va hozirga 
qadar huquq to‘la ustuvorlik qilmoqda.
Bugungi kunda odat faqat huquq yetarli tarzda tartibga sola olmayot-
gan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida qo‘llanilmoqda. Har qanday odat ham 
huquqiy odatga aylana olmaydi, balki u ma’lum bir guruh, sinf yoki butun 
jamiyatning manfaatlariga mos kelgan taqdirdagina, ijtimoiy foydali va dav-
lat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan (ma’qullangan) holdagina 
huquqiy odat 
bo‘lishi mumkin. Huquqiy odat, boshqa ijtimoiy normalardan o‘zining davlat 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling