Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy odat – 
huquqning tarixiy 
manbayi
2-§.


198
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
tomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov 
kuchi bilan ta’minlanishi bilan ajralib turadi. Odat o‘tmish bilan bugungi kunni 
bog‘lab turadi. Jamiyatda shunday odatlar borki, davlat ularni qo‘llab-quvvat-
laydi va rag‘batlantiradi. Masalan, ommaviy hashar tadbirlari, Navro‘z bayrami 
va boshqalar. Odat insonlar o‘rtasida bir xil holatning ketma-ket takrorlanishi 
natijasida shakllanadi. Odatning davlat tomonidan ma’qullanishigina unga ras-
miy, yuridik ahamiyat baxsh etadi, shunda u umummajburiy talabga aylanadi 
va u davlatning kuchiga tayanadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi ta’rifni ifoda etish mumkin. 
Huquqiy 
odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat 
tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.
Mamlakatimiz misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning mustaqillikka-
cha bo‘lgan davrida Navro‘z, Qurbon hayiti, Ro‘za hayiti kabi diniy bayramlar 
odat tarzida, ayrim hollarda yashirin ravishda o‘tkazilar edi. O‘zbekiston mus-
taqillikni qo‘lga kiritgach, yo‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklash 
maqsadida Navro‘z, Qurbon hayiti va Ro‘za hayiti kabi milliy qadriyatlarimizni 
rasmiy ravishda bayram sifatida e’tirof etib, shu kunlar dam olish kunlari, 
deb e’lon qilindi va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida belgilab 
qo‘yildi. Mamlakatimizdagi ayrim odat qoidalari, nafaqat huquqiy odatga, balki 
umummajburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidasiga aylantirildi.
Turli davlatlarda huquq manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rni 
turlicha bo‘lgan. Masalan, Angliyada huquqiy odat o‘z kuchi bilan harakatlana 
olmasligi, balki davlatning kuchi bilan qo‘llab-quvvatlab turilganligi haqida 
shubha yo‘q. Huquqshunos olimlarning fikricha, huquqiy odat davlat paydo 
bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan, chunki ibtidoiy jamiyat davrida ham odamlar va 
jamoalar o‘rtasidagi ayrim ijtimoiy munosabatlar huquqiy odatga asoslangan 
holda tartibga solingan. Masalan, bir shaxsning qabilada o‘rnatilgan tartib-qoi-
dani buzishi, uni qabila oldida izza qilishga sabab bo‘lgan. U og‘ir qilmish sodir 
etgan taqdirda esa, qabiladan haydab yuborilgan. Umuman, ko‘rinib turibdiki, 
odat hukmron bo‘lgan vaqtlarda davlatning majburlov kuchisiz ham ijtimoiy 
munosabatlar tartibga solingan. 
Huquqiy odat quyidagi xususiyatlarga ega: 
birinchidan, mahalliy ahami-
yatga molik, chunki huquqiy odat uncha ko‘p bo‘lmagan bir guruh odamlar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni ma’lum bir urug‘ yoki 
qabila irodasini o‘zida ifoda etadi; 
ikkinchidan, huquqiy odat, qisman din bilan 
bog‘liq bo‘lib, ko‘pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi va 
tayanadi. Jumladan, o‘z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilan jazolanadi, 
balki uning qilmishi bir vaqtda og‘ir gunoh sanalib, xudoning qattiq qahriga 
uchrashiga sabab bo‘lishi e’tirof etiladi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling