Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Mazkur prinsip quyidagi jihat- lar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, mamlakatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o‘z qonunlari bilan fuqarolarga bir xil sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo‘ladi. Masalan, birov oliy o‘quv yurtiga kiradi, boshqa fuqaro esa, bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqa- rolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, tibbiy yordamdan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi va hokazolar. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) istisnosiz o‘z qilmishi uchun javob berishi shart. 189 IX bob. Huquq prinsiplari va funksiyаlari Davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi prinsipi. Davlat bilan shaxs bir-biri bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog‘liq bo‘lishi lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshqaruvining muhim talablaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o‘z ifo- dasini topgan: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqaroning Konsti- tutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O‘z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilan- gan soliqlarni to‘lashlari lozim. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart (20-modda). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat organlari va mansabdor shaxslar, ikkinchi tomon- dan, fuqarolar o‘z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o‘z mansabdor shaxslari va organlari orqali) fuqaro oldida qonunda belgi- langan majburiyatlarni bajaradi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu yerda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs suvereniteti»ning o‘zaro dialektik aloqador- ligi, bog‘liqligi xususida bormoqda. Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar birligi, huquqning ustuvorligi kabilar ham kiradi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling