Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquq prinsiplari, hech mubolag‘asiz, uning mohiyatini ifodalovchi 
asosiy jihatlardan birini, asl o‘zagini tashkil etadi. Ular butun huquqiy ma-
teriyani – g‘oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy 
hayotga muayyan mantiq, mazmun, ma’no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik 
hamda uyg‘unlik baxsh etadi. Yanada aniqroq ta’riflaydigan bo‘lsak, huquq 
prinsiplarida bamisoli huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat 
ma’rifiy taraqqiyotining hosilasi o‘zining mujassam ifodasini topadi. Prinsiplar 
huquq shakllanishida yo‘nalish beruvchi mo‘ljal, mezon vazifasini o‘taydi.

Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011. – 301-bet.
IX bob. HUQUQ PRINSIPLARI 
VA FUNKSIYALARI
Huquq prinsiplari 
tushunchasi va 
mohiyati
1-§.


185
IX bob.
 Huquq prinsiplari
va funksiyаlari
Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va hara-
katlanishining rahbariy g‘oyasi, boshlang‘ich qoidasi, yetakchi mezoni sifatida 
maydonga chiqadi.
Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o‘z tasdig‘ini topadigan huquq prin-
siplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga 
to‘laligicha singib ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning maz-
munini tavsiflaydi, uning ichki tuzilishi, statik holati bilan bir qatorda, huquqni 
qo‘llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq prin-
siplari normativ hujjatlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish 
va chiqarish, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o‘rnatilishiga nihoyatda 
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Huquq prinsiplari o‘ziga xos tayanch tuzilma bo‘lib, unga nafaqat huquq 
normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. 
Mazkur rahbariy tamoyillar davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquq-
ni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish bilan bog‘liq butun faoliyati uchun 
yo‘naltiruvchi mash’al bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tizimning bahamjihatligi, 
barqarorligi va samaradorligi ularga rioya etish darajasiga bevosita bog‘liq. 
Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo‘lganligi sababli ular turli huquq 
tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar, obyektiv hamda 
subyektiv huquq o‘rtasidagi ichki birlikni, uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlikni 
ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘z mohiyati va tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas, balki 
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan bevosita belgilanadi. 
Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq, 
hukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilishi hamda 
amal qilishi tamoyillari o‘z ta’sirini o‘tkazadi
1
.
Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlashning hojati yo‘q. Zero, aytay-
lik, feodal huquqning tuzilishi va harakatlanishi prinsiplari quldorchilik huquqi 
yoki hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, 
Rim huquqiga asoslangan hozirgi roman-german huquqining prinsiplari islom 
dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farq qilishi bar-
chaga ayon.
Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va 
joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; ba’zan 
huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqlari va davlat suve-
reniteti g‘oyalariga sodiqlik prinsipi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan 

Qarang: Васильев А.М. Правовые категории. Методологические аспекты разработки системы 
категорий теории права. – М., 1976. – 216–225-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling