Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

183
VIII bob.
 Huquqning 
mohiyati
nima degan bahslar asosida juda ko‘p amaliy muammolar: huquqning 
asoslari, huquqning manbalari, huquqning ta’sir doirasi, huquqning samarador-
ligi, huquqdagi ziddiyatlar va boshqa masalalar hal qilinadi.
Tahlilimiz yakunida huquqning integrativ ta’rifini keltiramiz. Huquq – 
jamiyatda tan olingan va rasmiy muhofaza bilan ta’minlangan tenglik va 
adolat me’yorlari, xohish-irodalarni erkin mutanosiblashtiruvchi, ularning 
o‘zaro kurashlarini hamda o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar 
majmuidir.


184
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Kishilik jamiyati taraqqiyotining ustu-
vor maqsadlari, ezgu intilishlari, ma’naviy-
g‘oyaviy qadriyatlari bo‘lishi tabiiy holat. 
Fuqarolik jamiyatining ezgu niyat-intilishlari 
ijtimoiy adolat, tenglik va erkinlik kabi voqeliklar bilan chambarchas bog‘liq 
huquqiy ideallarda mujassamlashadi. Haqiqat, adolat, qonun ustuvorligi, de-
mokratik boshqaruv singari huquqiy ideallar jamiyat a’zolarining huquqiy ongi 
va huquqiy tafakkurida, ijtimoiy-huquqiy mafkurada o‘z in’ikosini topib, ijtimoiy 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. 
Real hayotda huquqiy g‘oyalar hamda ideallar normativ tarzda rasmiylashtiril-
gan huquqiy prinsiplar sifatida namoyon bo‘ladi
1
.
Mamlakatimiz huquqiy tizimi muayyan huquqiy prinsiplar asosida amal 
qiladi. Huquqiy prinsiplar huquqiy tizimning muhim tarkibiy qismi, negizi hi-
soblanadi. «Prinsip» (lotincha – principium) atamasi orqali faylasuflar, huquq-
shunoslar va sotsiologlar o‘rganilayotgan hodisaning mavjudlik qonunini, ichki 
mantig‘ini ifoda etadilar. Prinsip kategoriyasi «qonuniyat», «mohiyat» kategori-
yalari bilan uzviy bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki
huquqiy tizimning mohiyati uning asosiy prinsiplari mazmunida namoyon 
bo‘ladi. Huquqiy tizim prinsiplari huquqning butun ichki tuzilishini, mazmunini 
qamrab oladi hamda boshqa ijtimoiy tizimlar bilan aloqasi va o‘zaro munosa-
batiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling