Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

182
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
– huquq – dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltirib chiqaruv-
chi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Qonunlar «milliy ruh», «xalq 
ongi» zamirida huquqdan kelib chiquvchi qoidalar majmuidir.
– bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib, yirik yer 
egaligi hukmron bo‘lgan vaqtda insonning tabiiy huquqlarini tan olishi mum-
kin bo‘lmagan.
Huquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o‘ziga xos kamchiliklari 
yo‘q emas:
– bu nazariya yirik yer egaligi tuzumi inqirozga uchragan bir paytda 
tabiiy huquq nazariyasiga qarama-qarshi nazariya sifatida eski tuzumni saqlab 
qolish niyatida vujudga kelgan;
– huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun qo‘yishga harakat 
qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida huquqiy urf-odatlar ijtimoiy mu-
nosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining huquqiy hujjatlarisiz ojizlik 
qilib qoladi.
Huquqni tushunishga integrativ yondashuv. Huquqni tushunish 
bo‘yicha har xil yondashuvlar bilan tanishuv huquqning ko‘p qirrali tushuncha 
ekanligini tasdiqlab turibdi. Bu yondashuvlardan birortasini mutlaqlashtirish 
yoki butunlay voz kechish maqsadga muvofiq emas. Ularning har biridan biror 
foydali jihatni topish imkoni bor. Huquqni qo‘llash va huquqni ijod qilish jarayonida 
bu nazariyalarning barcha ibratli jihatlarini birlashtirish, umumlashtirish 
tufayli, huquqni tushunishda integrativ (umumlashtiruvchi) yondashuvga 
ehtiyoj tug‘iladi. Biroq, bunda barcha nuqsonlarini umumlashtirishning oldini 
olish lozim bo‘ladi.
Integrativ yondashuv asosida huquqni mukammal qiluvchi, rivojlantiruvchi, 
inson, davlat, jamiyat talablariga javob beruvchi jihatlarni umumlashtirish-
ga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu huquqning shakliga ham, mazmuniga 
ham taalluqli xususiyatlarni qidirishni zarur qilib qo‘yadi. Erkinlikning adolatli 
o‘lchovlari huquqning mazmunini tavsiflaydi, shakliy jihatini esa, davlat tomonidan 
qo‘llanadigan majburlovga asoslanuvchi umummajburiylik tashkil etadi. Shu 
bois, amaliyotchi (sudya, prokuror, ichki ishlar xodimi, yuriskonsult) uchun 
muayyan jamiyatda muhofaza qilinadigan erkinlik va adolatni himoya qilish 
muhim. Aks holda noroziliklar, janjallar kelib chiqadi, har qanday adolatni 
toptashga yo‘l ochiladi.
Huquq amalda mutlaqo mukammal talabga javob beradigan hodisa 
bo‘lmay, vaqt va makon shart-sharoitlariga qarab o‘zgarishlar, to‘ldirishlar, 
yangilanishlarga duch keladi. Shu bois, huquq ijodkorligining samarali bo‘lishini 
ta’minlash maqsadida huquqqa har xil yondashuvlardan foydalanish, huquqning 
har xil ta’riflarini o‘rganib, ularni sintez qilish yaxshi samara beradi. Huquq 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling