Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

179
VIII bob.
 Huquqning 
mohiyati
larning kamchiligi shundaki, ular ushbu tartibotdan emas, balki huquqiy 
ko‘rsatmalardan kelib chiqqanlar. Qadimgi va hozirgi davr jamiyatlarida huquq
urug‘lar, oilalarda hamda uyushma va ittifoqlarning ichki tuzilishini belgilab 
beruvchi va ularning bitimi, shartnomasi va nizomlari bilan o‘rnatilgan norma 
va ko‘rsatmalarida mavjud bo‘lgan tartibdir. Agarda qonunlarda muayyan holat 
bo‘yicha nizoni hal etish bo‘yicha aniq ko‘rsatma bo‘lmasa, mazkur uyushma 
yoki ittifoqning nizomiga, ya’ni ittifoqning huquqiy faktga to‘g‘ridan-to‘g‘ri alo-
qasi bo‘lgan huquqiy normalariga murojaat etish lozim. Mana shu normalar va 
faktlar «tirik» huquqdir
1
.
Mazkur yondashuv quyidagi g‘oyalarga asoslanadi:
1. Huquq tabiiy huquqlarda ham emas, qonunlarda ham emas, balki qo-
nunlarni hayotga tatbiq etishda namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi.
2. Huquq – yuridik xatti-harakatlar, yuridik amaliyot, huquqiy tartibot
qonunlarning qo‘llanishidir. Huquq bu huquqning subyektlari – jismoniy va 
yuridik shaxslarning amaliy xulq-atvorlaridir.
3. «Jonli huquq»ni dastavval sudyalar o‘zining yurisdiksiyasi doirasidagi 
faoliyatida yaratadi. Ular «qonunlar mazmunini» huquq bilan to‘ldiradi va 
sudyalar real hayotida huquq ijodkorligini amalga oshiradi.
Huquqni «sotsiologik» tushunish ham o‘ziga xos ijobiy va salbiy jihat-
larga ega.
Ijobiy jihati shundan iboratki
birinchidan, huquqni bunday tushunish 
huquqning hayotga tatbiq etilishiga asoslanadi. 
Ikkinchidan, huquq shakllariga 
nisbatan ijtimoiy munosabatlar ustuvorligi tan olinadi. 
Uchinchidan, davlat-
ning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashni tan oladi, boshqaruvni nomarkaz-
lashtirish (desentralizatsiya qilish) tarafdori.
Huquqni sotsiologik tushunishning salbiy jihatlari: 1) agar huquqni, 
qonunlarni hayotga tatbiq etish, real huquqiy tartibot deb tushunsak, 
huquqiy va huquqqa xilof xatti-harakatlarni belgilash mezonlari yo‘qoladi, 
chunki huquqni hayotga tatbiq etish qonuniy va g‘ayriqonuniy usullar bilan ba-
jarilishi mumkin; 2) huquq ijodkorligining faqat sudyalar va ma’muriyatchilarga 
yuklab qo‘yilishi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan oshkora zo‘ravonlik va 
o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqish, ishonchni suiiste’mol qilish xavfini 
kuchaytiradi.
Jamiyat hayotida ba’zan mansabdor shaxslarning qonunni chetlab o‘tishi, 
qonun talablarining aksini qilib o‘z manfaatlarini qondirish hollari uchrab tura-
di. Mansabdor shaxslarga, «faqat qonun yo‘l qo‘ygan barcha xatti-harakatlarga 
ijozat beriladi» degan tamoyil qo‘llansa, ishonchliroq samara beradi.
1
Qarang: Тихонравов Ю.В. Основы философии права. Учебное пособие. – М.: Вестник, 1997.
– 534-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling