Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

176
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
falsafasi»dan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy borliqni bilishga yordam beruvchi 
fan – sotsiologiyadan ajratilishi hamda ulardan farqlanishi kerak.
Har bir fan, jumladan yurisprudensiya ham, qandaydir ezgu istak
qadr-qiymat nuqtayi nazaridan emas, balki o‘z holicha tavsiflanishi lozim. Shu 
asosda G. Kelzen yurisprudensiya fani predmetini quyidagilardan iborat deb 
biladi: qonunchilik normalari, ularning tarkibiy qismlari va o‘zaro munosabat-
lari, huquqiy tartibot, uning tuzilishi.
Huquqqa legistik yondashuv tarafdorlari, o‘z nuqtayi nazarlaridan kelib 
chiqib, har qanday qonunni, jumladan adolatsiz qonunni ham huquqiy deb 
hisoblaydilar. Shuning uchun ularning talqiniga ko‘ra, despotik, totalitar, av-
toritar davlatlar ham huquqiy ko‘rinishga ega va demak ular ham «huquqiy 
tartibot» va «huquqiy davlat»dir. Shundan kelib chiqib, legistik yondashuv tom 
ma’nodagi «huquqiy davlat» g‘oyasini inkor etadi. G. Kelzenning ta’kidlashicha, 
bunday davlat yolg‘on tabiiy huquqiy tasavvurlardan kelib chiqadi. Ko‘rsatib 
o‘tilgan salbiy jihatlariga qaramay, huquqqa legistik yondashuv qonun, qo-
nunchilikni takomillashtirish, qonunchilik talablarini hayotga joriy etish 
mexanizmini yaratishda, ularning ichki mutanosibligiga erishish, jamiyatda 
huquqiy-tartibotni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega.
O‘z navbatida 
huquqni yuridik tushunish ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha 
rivojlanadi. Ulardan biri, 
tabiiy huquq nazariyasi bo‘lsa, ikkinchisi, aka-
demik V.S. Nersesyans ilgari surgan 
huquqni libertar-yuridik (erkinlik) 
tushunishdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har ikkala yondashuvning 
negizlari antik davrlarga borib taqaladi.
Qadimgi Gretsiya va Rimda sofistlar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Sitseron, rim 
yuristlari, o‘rta asrlarda G. Grotsiy, B. Spinoza, T. Gobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye
XX asrda R. Shtammler, G. Radbrux kabi mutafakkirlar tabiiy huquq nazariyasi-
ning mustaqil konsepsiya darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Mazkur yondashuvga ko‘ra, huquq tabiiy huquq hamda ilohiy, pozitiv, siyo-
siy kabi huquqlarga bo‘linadi. Bunda e’tiborli jihati shundaki, 
tabiiy huquq 
nazariyasi asoschilari tabiiy huquq va pozitiv huquqni (insonlar yaratgan) bir-bi-
riga qarama-qarshi qo‘yadilar. Ularning fikricha, tabiiy huquq abadiy, o‘zgarmas, 
azaldan mavjud. Insonlar ularni anglash orqali o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari 
lozim. Pozitiv huquqni esa, adashishga moyil bo‘lgan, his-tuyg‘uga beriluvchan 
insonlar yaratadi va u sun’iydir. Shuning uchun tabiiy huquq pozitiv huquqdan 
ustun turadi hamda pozitiv huquq tabiiy huquqqa moslashishi lozim.
Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:
ijobiy huquq, ya’ni davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan bir 
qatorda insonga tug‘ilishidanoq tegishli bo‘ladigan oliy, haqiqiy, «tabiiy» huquq 
mavjud. Har qanday qonun ham huquqiy bo‘lmasligi mumkin;



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling