Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquqning talqiniga oid
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqning
talqiniga oid ta’limotlarning turli-tumanligi 3-§. 174 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi tuzumi sharoitida shakllanishiga qaramasdan, erkinlik g‘oyasi atrofida musho- hada yuritgan. U davrda erkinlik, tom ma’nodagi erkinlik bo‘lmay, jamiyatning tabaqalarga bo‘linishiga asoslangan erkinlik hisoblangan. Qadimgi Gretsiyada keyinchalik tari- xiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi bilan insonlarning qullar va ozod kishilarga bo‘linishi tanqid qilinadi va rad etiladi. Erkinlik endi siyosiy-huquqiy emas, balki ruhiy hodisa sifatida talqin etiladi. Shu asosda tabiiy huquq va tabiat qonunlari bo‘yicha insonlarning tengligi va erkinligi e’lon qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, qadimgi grek mutafakkirlari o‘z davrlari uchun ham va bugungi kun uchun ham ilg‘or bo‘lgan yurisprudensiyaning yangi yo‘nalishiga asos solganlar. O‘tmishdagi Rim huquqshunoslari davlat va huquq umumiy nazariyasi hamda tarmoq huquqiy fanlar (fuqarolik huquqi, davlat va ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) sohasida siyosiy-huquqiy muammolarning juda keng majmuasini ishlab chiqqanlar. Ular o‘z zamondoshlari bo‘lgan grek muta- fakkirlaridan farq qilgan holda, o‘zlari yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy, tarixiy va siyosiy-huquqiy borliqni nazariy tavsiflab berdilar. Huquqiy adabiyotlarda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tilganidek, Rim huquqshunoslari tevarak- atrofdan ajralib qolgan «kabinet olimlari» bo‘lmay, ular ham nazariy, ham amaliy faoliyat ko‘rsatganlar. Ular xalq orasida bo‘lib, hayotiy muammolarni juda chuqur bilganlar. Huquqshunoslarning huquqiy munosabatlar tahlili ham- da bergan xulosalari o‘zining chuqurligi, aniqligi, mantiqiyligi va ishonchga sazovorligi bilan ajralib turgan 1 . Mashhur Rim huquqshunosi Ulpian huquqni – (yustitia) haq, haqiqat, ya’ni har kimga o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqni berishga qaratilgan doimiy va uzluksiz iroda sifatida tushuntiradi. Huquqiy adolatning umumiy tushuncha- sidan, u quyidagi huquqiy qoidalarni keltirib chiqaradi: vijdonli (to‘g‘ri so‘z) bo‘lish, boshqa kishiga zarar yetkazmaslik, har kimga o‘ziga tegishli bo‘lganini berish. Shundan kelib chiqib, u yurisprudensiyani «ilohiy va insoniy ishlarni anglash, adolat va adolatsizlikni bilish» sifatida tavsiflaydi 2 . Shunday qilib, Qadimgi Gretsiyada yurisprudensiyaning falsafiy, tarixiy, siyosiy negizlariga jiddiy e’tibor berilgan bo‘lsa, Rimda uning ilmiy-nazariy, amaliy-texnikaviy qirralariga alohida urg‘u berilgan. Kishilik jamiyati hamda uning ajralmas tarkibiy qismlari bo‘lgan huquq va davlatning keyingi rivoj- lanishi, yurisprudensiyaning taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. G‘arbiy Yevropada bir necha asrlar hukm surgan diniy mutaassiblikning liberalizm g‘oyalari bilan almashishi bunga turtki bo‘lib xizmat qildi. 1 Qarang: Дигесты Юстиниана. Избранные фрагменты в переводе с примечаниями И.С. Претор- ского. – М., 1984. – 12-bet. 2 O‘sha joyda, 23-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling