Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Maxsus yuridik prinsiplar
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar
Maxsus yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy
prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga quyidagilar kiritiladi: 1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi; 2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi; 3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo‘linishi; 4) obyektiv va subyektiv huquq o‘rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat hamda huquq bilan huquqning qo‘llanishi o‘rtasida muvofiqlikning mavjudligi prinsipi; 190 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi 5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi; 6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolat- langanligi; 7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mosligi; 8) yuridik javobgarlikning faqat huquqqa xilof aybli xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo‘llanilishi va Konstitutsiyaga binoan jinoyat so- dir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi qonuniy tartibda sudda ko‘rilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi (26-modda); 9) yangi yoki nisbatan og‘irroq yuridik javobgarlikni o‘rnatayotgan qo- nunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini inson- parvarlashtirish va boshqalar. Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko‘pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohalari; jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo‘ladigan prinsiplar). Masalan, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo‘llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa, Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning moddalarida aks ettirilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisobla- nadi 1 . Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqdararo xususiyatga ega. U jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda qo‘llaniladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling