Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Umumiy huquqiy prinsiplar


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizim asosida turishi bilan 
tavsiflanadi. Bu prinsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining 
mazmun-mohiyati, tabiati, xususiyatlari, harakatlanish sifatlari haqida xulosa 
chiqarish mumkin. Bunday huquqiy prinsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:
Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda 
demokratizm prinsipi
Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevosita xalq vakillari 
bo‘lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyo-
siy partiyalar va fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish hamda qonun-
Huquq 
prinsiplarining 
tasnifi
2-§.


187
IX bob.
 Huquq prinsiplari
va funksiyаlari
chilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Huquqni 
amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo‘llovchi va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastav-
val odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, 
aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o‘z aksini topadi. Xusu-
san, O‘zbekistonda keng rivojlanayotgan sud-huquqiy islohotining zaminida 
ham demokratik jihatlarni chuqurlashtirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini 
kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini 
tenglashtirish, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimining faoliyatini in-
son huquqlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan isloh etish kabilar ko‘zda tutiladi. 
«Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta me-
zon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardor-
ligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy 
fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch so-
hada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap-so‘zlar 
yo xalqqa xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi»
1
.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling