Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Maxsus yuridik prinsiplar


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Maxsus yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy 
prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga 
quyidagilar kiritiladi:
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi 
hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;
2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va 
qonunning boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi;
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq 
sohalari hamda institutlariga bo‘linishi;
4) obyektiv va subyektiv huquq o‘rtasida, huquq normasi va huquqiy 
munosabat hamda huquq bilan huquqning qo‘llanishi o‘rtasida muvofiqlikning 
mavjudligi prinsipi;


190
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolat-
langanligi;
7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi 
hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mosligi;
8) yuridik javobgarlikning faqat huquqqa xilof aybli xatti-harakat (yoki 
harakatsizlik) uchungina qo‘llanilishi va Konstitutsiyaga binoan jinoyat so-
dir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi qonuniy tartibda sudda 
ko‘rilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik 
prezumpsiyasi prinsipi (26-modda);
9) yangi yoki nisbatan og‘irroq yuridik javobgarlikni o‘rnatayotgan qo-
nunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini inson-
parvarlashtirish va boshqalar.
Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari 
doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko‘pincha bunday prinsiplar bir-biriga 
yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va 
ma’muriy huquq sohalari; jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual huquqi 
sohalari uchun umumiy bo‘ladigan prinsiplar). Masalan, moddiy javobgarlik 
prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo‘llaniladigan 
tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa, Jinoyat kodeksi hamda 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning moddalarida aks ettirilgan. 
Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisobla-
nadi
1
. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqdararo xususiyatga ega. U 
jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda 
qo‘llaniladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling