Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Sohaviy huquqiy prinsiplar


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta muayyan huquq sohasi doira-
sida amal qiladi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalik qilish shakllarining 
ko‘pligi va ularning tengligi» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo‘lishi» 
prinsipi, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda 
mustaqil xo‘jalik yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» 
prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun 
haq to‘lanishi» prinsipi va hokazolar.
Yana bir misol. Xo‘jalik protsessual huquqida quyidagi prinsiplar rah-
bariy rol o‘ynaydi: sudyalarning saylab qo‘yilishi, ularning mustaqilligi va faqat 
qonunga bo‘ysunishi prinsipi; ishlarni ko‘rishda kollegiallik va yakkabosh-
chilikning qo‘shib olib borilishi prinsipi; ishlarni ko‘rishda oshkoralik prinsipi; 
ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi; nizolarni ko‘rishda bahs-

Qarang: Лившиц Р.З. Теория права. – М., 1994. – 199-bet.


191
IX bob.
 Huquq prinsiplari
va funksiyаlari
lashish, og‘zakilik va bevositalik prinsiplari. Har bir huquq sohasi umumiy 
va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o‘zigagina xos prin-
siplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq 
sohasi, balki butun huquq tizimining tuzilishi va harkatlanishi uchun zamin 
bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi 
uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. 
Huquq 
funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga yuri-
dik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, 
ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi 
bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalari – iqtisodi-
yot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va 
shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksi-
yalarni bajaradi.
Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va 
uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. 
Funksiya – huquq mohiyatining 
ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir;
ikkinchidan, huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish-
ning shunday yo‘nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijti-
moiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi;
uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda 
etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazi-
falarni bajarishga yo‘naltiriladi;
to‘rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlarning 
muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo‘nalishini aks ettiradi. 
Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, 
harakatlanishi, ta’sir etishidir;
beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning 
uzluksizligi, uzoq muddat davomida amal qilishini anglatadi.
Sof yuridik nuqtayi nazardan huquq funksiyalarini ikki – 
regulyativ (tar-
tibga soluvchi) va 
negativ (qo‘riqlovchi) turga ajratish mumkin.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling