Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
199
X bob. Huquqning shakli (manbai) Shunday qilib, huquqiy odat huquq manbayi sifatida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda hozirgi zamon davlatlarida unchalik katta o‘ringa ega emas va ayni vaqtda o‘zining ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotmoqda. Huquqiy odat hozirgi vaqtda, asosan yer, meros, nikoh va oilaviy munosabat- larni tartibga solishda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida qisman qo‘llanilmoqda. «Presedent» – lotincha praecedens so‘zidan olingan bo‘lib, «ilgarida bo‘luvchi», «oldin sodir bo‘lgan» degan ma’noni anglatadi. Davlat organlari, jumladan, ma’muriy boshqaruv hamda sud organlari o‘zlarining ijtimoiy munosabatlarni boshqarish, tartibga solish jarayonida o‘ziga xos, ba’zan noyob (original) qarorlar qabul qiladilar. Ularning bir o‘rni kelganda qabul qilgan qarorlari tarixan keyingi davrlarda faoliyat yurituvchi davlat or- ganlari uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi hollari uchrab turadi. Shunga ko‘ra, presedent – muayyan ishni ma’muriy organ yoki sud organlari tomonidan ko‘rib chiqishda boshqa organ va sudlar tomonidan aynan shunga o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan qarorning qo‘llanilishidir. Presedent huquqning manbayi sifatida ilgari qadimgi Rimda qo‘llanilgan. O‘tgan butun tarixiy davr nuqtayi nazaridan xulosa qilganda, yuridik presedent huquq shakli (manbayi) sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda dunyoning anglo-sakson huquqiy tizimiga asoslanuvchi davlatlarida yuridik presedentning huquq man- bayi sifatida o‘rni beqiyosdir. Ammo, Yevropa qonunchiligi va roman-german huquqiy tizimiga mansub davlatlar sud amaliyotini huquq shakli sifatida tan olmaydilar. Yuridik presedent deb, ma’muriy yoki sud organining muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan yozma yoki og‘zaki qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishlar- ni ko‘rib chiqishda asos sifatida qo‘llanilishiga aytiladi. Yuridik presedent turlari shartli ravishda ma’muriy presedent va sud presedentiga bo‘linadi. Ma’muriy presedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruv sohasidagi ayrim ishlar yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga asos sifatida qo‘llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi. Sud presedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan namuna tarzida qo‘llashiga aytiladi. Huquqiy presedent umumiy ma’noda talqin etilsa-da, uning tarkibidagi sud yoki ma’muriy presedentlar bir-biridan keskin farq qiladi. Albatta, huquqning presedent shakli sifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling