Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy odat –
huquqning tarixiy manbayi 2-§. 198 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi tomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanishi bilan ajralib turadi. Odat o‘tmish bilan bugungi kunni bog‘lab turadi. Jamiyatda shunday odatlar borki, davlat ularni qo‘llab-quvvat- laydi va rag‘batlantiradi. Masalan, ommaviy hashar tadbirlari, Navro‘z bayrami va boshqalar. Odat insonlar o‘rtasida bir xil holatning ketma-ket takrorlanishi natijasida shakllanadi. Odatning davlat tomonidan ma’qullanishigina unga ras- miy, yuridik ahamiyat baxsh etadi, shunda u umummajburiy talabga aylanadi va u davlatning kuchiga tayanadi. Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi ta’rifni ifoda etish mumkin. Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir. Mamlakatimiz misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning mustaqillikka- cha bo‘lgan davrida Navro‘z, Qurbon hayiti, Ro‘za hayiti kabi diniy bayramlar odat tarzida, ayrim hollarda yashirin ravishda o‘tkazilar edi. O‘zbekiston mus- taqillikni qo‘lga kiritgach, yo‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklash maqsadida Navro‘z, Qurbon hayiti va Ro‘za hayiti kabi milliy qadriyatlarimizni rasmiy ravishda bayram sifatida e’tirof etib, shu kunlar dam olish kunlari, deb e’lon qilindi va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida belgilab qo‘yildi. Mamlakatimizdagi ayrim odat qoidalari, nafaqat huquqiy odatga, balki umummajburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidasiga aylantirildi. Turli davlatlarda huquq manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rni turlicha bo‘lgan. Masalan, Angliyada huquqiy odat o‘z kuchi bilan harakatlana olmasligi, balki davlatning kuchi bilan qo‘llab-quvvatlab turilganligi haqida shubha yo‘q. Huquqshunos olimlarning fikricha, huquqiy odat davlat paydo bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan, chunki ibtidoiy jamiyat davrida ham odamlar va jamoalar o‘rtasidagi ayrim ijtimoiy munosabatlar huquqiy odatga asoslangan holda tartibga solingan. Masalan, bir shaxsning qabilada o‘rnatilgan tartib-qoi- dani buzishi, uni qabila oldida izza qilishga sabab bo‘lgan. U og‘ir qilmish sodir etgan taqdirda esa, qabiladan haydab yuborilgan. Umuman, ko‘rinib turibdiki, odat hukmron bo‘lgan vaqtlarda davlatning majburlov kuchisiz ham ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan. Huquqiy odat quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, mahalliy ahami- yatga molik, chunki huquqiy odat uncha ko‘p bo‘lmagan bir guruh odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni ma’lum bir urug‘ yoki qabila irodasini o‘zida ifoda etadi; ikkinchidan, huquqiy odat, qisman din bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi va tayanadi. Jumladan, o‘z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilan jazolanadi, balki uning qilmishi bir vaqtda og‘ir gunoh sanalib, xudoning qattiq qahriga uchrashiga sabab bo‘lishi e’tirof etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling