Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
X bob. HUQUQNING SHAKLI (MANBAYI)
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
X bob. HUQUQNING SHAKLI (MANBAYI)
Huquq shakli (manbayi) tushunchasi 1-§. 196 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Uchinchi guruh olimlar esa, «huquqning manbayi» iborasidan to‘la voz kechishni istamaganlari holda, uni ayrim izohlar bilan (masalan, «huquqning yuridik manbayi», maxsus ma’noda tushuniladigan «huquq manbayi» va h.k.) qo‘llashni taklif etadilar 1 . Bizga prof. S.L. Zivsning fikri ma’qul. Bunga ko‘ra, masalaning mohiyatini «huquqiy normaning manbayi» 2 degan ibora aniq ifodalaydi. Agar «huquqning manbayi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning aksariyatini solishtirib ko‘rilsa, ularda asosan huquqning manbayi – bu huquqiy normalar (qoidalar)ni bayon etuv- chi, ifodalovchi normativ-huquqiy hujjatlardir, degan ma’noni ko‘rish mumkin. «Huquqning shakli» iborasiga kelsak, bunda shakl falsafiy talqin nuqtayi nazaridan muayyan mazmunning mavjudligini anglatadi va uni ifoda etadi. Huquqning shakli – bu huquqning tom mazmuni tuzilishi, uning mavjudlik usuli, namoyon bo‘lishi, batartibligi va harakatlanishi ifodasidir. Huquqdagi mazmun va shakl masalasi, shu jumladan, huquq struk- turasi bilan qonunchilik strukturasi o‘rtasidagi munosabat masalasi yuridik adabiyotda ancha keng yoritilgan. Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, huquqning mazmunini huquqiy normalar yig‘indisi tashkil etadi. Bu normalarda xalqning umumiy davlat irodasi o‘zining muayyan aniq ifodasini topadi 3 . Huquqning mazmuni hamisha o‘zi uchun mos va maxsus shaklda obyektivlashtiriladi. Mazkur shakl ma’lum bir real mazmunning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, uning mavjudligi, ifoda etilishi va o‘zgarishi usulidir 4 . Demak, shuni ta’kidlash joizki, huquq shakli – davlat bilan huquq o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuni- ladi. Huquq manbayi deyilganda, huquq normasining paydo bo‘lishi va amal qilishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar) tushuniladi. Taniqli rus huquqshu- nosi G.F. Shershenovich huquq shakli – ma’lum ma’noda huquqni o‘zida aks et- tiruvchi, uning oldingi vaqtda chiqarilgan manbayi, ya’ni asosi deb ta’riflagan. Huquq shaklini tahlil etish davlat irodasini, xalq irodasini qonun dara- jasiga qanday usullar bilan ko‘tarilganligini anglashga ko‘maklashadi. Huquq shakli, davlat irodasining hamma uchun majburiylik usuliga qarab belgilanadi. Shunga ko‘ra, huquqning to‘rtta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odat, yuridik presedent, normativ-huquqiy hujjat va normativ shartnoma. Shunday qilib, huquqning tashqi ifodalanish shakli bilan manbalari tizimi (moddiy, g‘oyaviy, yuridik) o‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqadorlik muayyan mamlakat huquqiy tizimining xususiyatini ifoda etadi. Ya’ni, ba’zi davlatlarda 1 Шебанов А.Ф. Основы теории государства и права. М., 1960. – 278–279-betlar. 2 Зивс С.Л. Источники права. М., 1981. – 22-bet. 3 Керимов Д.А. Философские проблемы права. – 215-bet. 4 Тюхтин В.С. Отражение, система, кибернетика. – М., 1972. – 190-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling