Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqning regulyativ-dinamik, ya’ni tartibga soluvchi – dinamik


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqning regulyativ-dinamik, ya’ni tartibga soluvchi – dinamik 
funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, ularning 
kelgusida rivojlanishi, o‘zgarishi hamda takomillashuvini belgilab berishi 
tushuniladi. Bu yerda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakat-
lanishi (dinamikasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchi 
normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zim-
masiga qator majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to‘lash, harbiy burchni ado 
etish, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni baja-
rish va hokazolar. Tartibga soluvchi – dinamik funksiya faol huquqiy munosa-
batlar shaklida ro‘yobga chiqadi. Bular fuqarolik, mehnat, ma’muriy, moliya va 
boshqa huquq sohalari institutlarida o‘z aksini topadi.
Huquqning regulyativ funksiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan 
usullar quyidagilar:
– huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini 
belgilash;
– fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va 
o‘zgartirish;
– davlat organlarining huquq va majburiyatlari hamda mansabdor shaxs-
larning vakolatlarini belgilash;


193
IX bob.
 Huquq prinsiplari
va funksiyаlari
– yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash;
– huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor 
qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;
– huquq subyektlari o‘rtasida muayyan huquqiy aloqa o‘rnatish (tartibga 
soluvchi huquqiy munosabatlar);
– aniq ijtimoiy munosabatlarga nisbatan huquqiy tartibga solishning 
oqilona tipini belgilash.
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ 
funksiyasini shunday ta’riflash mumkin. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling