Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi – huquqning
ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo‘lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini
o‘rnatish, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mus-
tahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida huquq egalariga sub-
yektiv huquqlar berish va yuridik majburiyatlar yuklashda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy munosabatlarni qo‘riqlash zaruriyati har doim bo‘lgan va bundan keyin
ham bo‘ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi
bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishi huquqning qo‘riqlovchi funksi-
yasini tashkil etadi.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasi bilan
belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga
molik, o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosa-
batlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi
va shu bilan birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga
qaratiladi.
Qo‘riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida
vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash, taqiqlar o‘rnatish
va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan ogohlantirib, kishilar irodasiga
ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi;
ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy
qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risida ijtimoiy munosabat subyekt-
lariga axborot beriladi;
uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining,
huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlat-
ning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda, yanada aniqroq
namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat organlari huquq subyektlari tomonidan
qonun talablarining qat’iy, so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi, jamiyatda qo-
nuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash,
13–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |