Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik javobgarlik
Yuridik javobgarlik
tushunchasi, belgilari va turlari 3-§. 471 XXIII bob. Huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik lar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida yondashib, uni qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik majburiyatlar yoki huquq normalari sanksiyalari ko‘rinishida talqin etishga intiladilar. Yuridik javobgarlik – huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan protsessual tartibda qonunchilikda belgilangan davlat majburlov choralarini qo‘llashdir. Yuridik javobgarlikning tabiati va mazmunini aniq belgilash uchun, avvalo, javobgarlikning o‘zi nima degan savolga javob berish zarur. Javobgar- likni ikki ma’noda: aktiv javobgarlik va retrospektiv javobgarlik 1 ma’nosida tushunish mumkin. Ijobiy ma’nodagi javobgarlik – mas’uliyatlilikdir, ya’ni shaxsning jami- yatdagi o‘z o‘rnini, ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini va jamiyat ishlaridagi o‘zining ishtirokini chuqur anglab harakat qilishidir. Huquq normalari va qonunchilik talablariga nisbatan mas’uliyatlilik kishilar harakatining axloqiy va siyosiy regulyatori sifatida maydonga chiqadi. Ijobiy ma’nodagi, aktiv javobgarlik huquq normalari talablarini buzmaslik uchun javobgarlikdir. Retrospektiv ma’nodagi javobgarlik – shaxs o‘z harakatlarining salbiy natijalari uchun, huquqni buzganligi uchun ma’lum huquq va burchlardan mahrum bo‘lish shaklida o‘taladigan javobgarlikdir. Bu ma’nodagi javobgarlik huquqqa zid keluvchi va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi xatti-harakat- ni sodir etganlik uchun yuklanadigan javobgarlikdir. Javobgarlikning bu ikki turi o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ijobiy javobgarlik (mas’uliyat) qancha yuqori bo‘lsa, turmush qoidalari shuncha yaxshi bajariladi hamda retrospektiv javobgarlikka tortilish holatlari shuncha kam bo‘ladi. Ijobiy va retrospektiv javobgarlik faqat yuridik javobgarlik uchungina xos elementlar bo‘lib qolmasdan, balki umuman sotsial javobgarlik uchun ham xosdir. Sotsial javobgarlik ancha keng tushuncha bo‘lib, barcha sotsial norma- larni buzganlik (yoki buzmaslik) uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Sotsial javobgarlik siyosiy javobgarlik, yuridik javobgarlik, axloqiy va boshqa xil javob- garliklarni o‘z ichiga oladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling