Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Aybsizlik prezumpsiyasi –


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet482/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Aybsizlik prezumpsiyasi – yuridik 
javobgarlikka tortish jarayoniga jalb etilgan 
shaxsning aybsizligi ehtimolidir. Bu prin-
sipga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda 
aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda 
isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud 
hukmi bilan aniqlangunga qadar ular aybsiz 
hisoblanadilar.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini 
isbotlab berishi shart emas. Ya’ni, u bunga majbur emas. Mazkur vazifa sud 
va huquqni muhofaza etuvchi organlar zimmasiga yuklanadi. Sud va huquqni 
muhofaza qiluvchi mutasaddi organlar shaxsni yuridik javobgarlikka tortish 
bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarishdan oldin uning aybdorligini isbotlovchi 
ishonchli dalillarni to‘plashi lozim. Agar buning uddasidan chiqilmasa, ushbu 
prezumpsiyaga muvofiq shaxs aybsiz hisoblanadi va javobgarlikdan ozod etiladi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti, ularni bartaraf etish imkoni-
yatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foy-
dasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar 
Aybsizlik 
prezumpsiyasi. 
Yuridik javobgarlik 
va qilmishning 
huquqqa xilofligini 
istisno qiluvchi 
holatlar
4-§.


478
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi 
kerak. Fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi – shaxs huquq va erkinliklarining 
mustahkam kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (26-modda) 
aybsizlik prezumpsiyasi o‘zining ifodasini topgan bo‘lib, unda jumladan, shun-
day deyiladi: «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi 
sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha 
u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish 
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi...»
Bu masala O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 
23-moddasida ham o‘zining aniq ifodasini topgan. 
Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat ishi yuzasidan haqiqatni aniqlash kafolati 
hisoblanadi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-mod-
dasining ikkinchi qismida hech kim sudning hukmi chiqarilmay turib jinoyat sodir 
qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin 
emasligi aniq belgilab qo‘yilgan. Ushbu qoidada aybsizlik prezumpsiyasi mo-
hiyatining ikki jihati ochib berilgan. Ya’ni: birinchisi – jinoyatning muayyan 
tarkibini belgilash va shaxsning jinoyat sodir etganlikda iqror bo‘lishini qo-
nunga aniq rioya qilgan holda amalga oshirish; ikkinchisi – shaxs faqat sud-
ning ayblov xulosasiga, qaroriga binoan aybdor deb topilishi va qonunda ko‘zda 
tutilgan huquqiy chora yoki jazoga tortilishi mumkin. Demak, shaxsning ayb-
dorligini belgilash uchun faqat isbotlash tartib-qoidalariga rioya qilishning o‘zi 
kamlik qiladi, shu sababli jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari yetarli-
cha mavjud bo‘lishi talab etiladi. 
Shaxsning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan alomatlar 
rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki 
aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 12-noyabrda-
gi qo‘shma majlisida ta’kidlaganidek, «Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida 
dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud 
faoliyatini liberallashtirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rildi. 
Bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan 
ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan 
sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi. Ushbu qarorning o‘z vaqtida va pux-
ta o‘ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‘pgina amaliy misollarda o‘z isbotini 
topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konsti-
tutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim 
omil sifatida namoyon bo‘lmoqda»
1

1
Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini 
rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2010. – 22-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling