Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
475
XXIII bob. Huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik tartib-qoidalari hamda maxsus nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy javob- garlik mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini buzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va hokazo hollarda kelib chiqadi. Intizomiy- huquqiy jazo chorasini qo‘llash ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega bo‘lgan rahbarlar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot va muas- sasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar. Fuqaro aviatsiyasi, temir yo‘l transporti xodimlari, sudyalar va boshqa ayrim toifa xodimlarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi masala maxsus intizomiy komissiyalar to- monidan tegishli nizomlar asosida ko‘rib chiqib, hal etiladi. 2017-yil 29-martda «O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonuni qa- bul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, Kengash sudya kadrlar zahirasini shakllanti- radi, sudyalarni davlat mukofotlariga taqdim etish, rag‘batlantirish, sudyalarni intizomiy, jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega 1 . Jinoiy va fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgi- lash faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy va intizomiy-huquqiy javobgarlik ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas, balki huquq umumiy maqsadlarining muayyan ifodasiga qaratilgan bo‘lib, ular ijti- moiy munosabatlarning mustahkamlanishi, tartibga solinishi va himoyasida o‘zining ifodasini topadi. Bu maqsadlar, o‘z navbatida, huquqning tartibga soluvchi (regulyativ) va qo‘riqlovchi funksiyalari amalda bo‘lishini belgilaydi. Yuridik javobgarlikning asosiy funksiyasi qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza qilishdan iborat. Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo‘llanishi birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko‘zlaydi. Bu bilan davlat o‘zining majburlov choralarini amalga oshira turib, yana boshqa bir maqsadni ko‘zda tutadi – bu maqsad kelajakda huquqbuzarlikni sodir etishning oldini olishga yoki bu haqda ogohlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu maqsadlar, o‘z navbatida, javobgarlikning ijtimoiy vazifalarini belgi- lab beradi. Ko‘p yillar mobaynida olimlar yuridik javobgarlikning maqsadi va prinsiplar xususida fikr-mulohaza yuritib, umumiy to‘xtamga kelganlar, deyish mumkin. Bu nuqtayi nazarni Ch. Bekkaria shunday bayon etgan: «... Hech bir jazo alohida fuqaro yoki ko‘pchilikning bir kishi ustidan zo‘ravonlik ishlatishi ifodasi bo‘lmasligi uchun u oshkora, tezkor, muqarrar, qonunda ko‘rsatilgan barcha qo‘llanishi mumkin bo‘lgan choralar ichida eng yengili, sodir etilgan 1 Хаlq so‘zi, 2017-yil 30-mаrt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling