Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet499/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

495
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
tik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik 
jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘z qarashlari va 
e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xu-
susan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat 
olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabi-
larda o‘z ifodasini topadi.
Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar 
oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir insonga tug‘ilishidan boshlab 
tegishli ajralmas huquq va erkinliklarni nafaqat tan oladi, balki ularni hayotga 
real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navba-
tida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy 
munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanish-
lari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari 
lozim
1
.
Huquqiy davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan 
iborat. Uning barcha tarkibiy qismlari va elementlari hokimiyatning bo‘linishi 
prinsipi asosida, o‘z ijtimoiy vazifalariga muvofiq ravishda ish olib boradi. 
Huquqiy davlatning hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan organlari o‘z faoli-
yatida jamiyat xohish-irodasini ro‘yobga chiqaradi. Huquqiy davlatning tarkibiy 
qismlari va elementlari o‘z faoliyatini amaldagi qonunlarga muvofiq tashkil 
etadi va amalga oshiradi. Mansabdor shaxslar fuqarolarning konstitutsiya va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan huquqlari va erkinliklariga 
tajovuz qilganlik uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va 
erkinliklari huquqiy davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Huquqiy davlat 
funksiyalari uning apparati yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, huquqiy 
davlat mexanizmining demokratik xususiyati uning o‘zi xizmat qiladigan jamiyat 
oldida javobgarligi bilan belgilanadi. Huquqiy davlatning rivojlanish bosqichlari 
fuqarolik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mutanosib bo‘ladi.
Huquqiy davlatda davlat hokimiyati mutlaq bo‘lmaydi. Bu nafaqat 
huquqning ustunligi, davlat hokimiyatining huquq bilan bog‘liqligi, balki davlat 
hokimiyatining tuzilishi, uni amalga oshirish shakllari bilan ham belgilanadi. 
Bu yerda hokimiyatning bo‘linishi nazariyasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. 
Bu nazariyaga binoan, hokimiyatlar(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlari)ning birikib ketishi, bir organda, bir shaxs qo‘lida jamlanishi 
shaxs erkinligini yo‘qqa chiqaradi. Shu bois, huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan av-
toritar mutlaq hokimiyat vujudga kelishining oldini olish uchun hokimiyatning 
ko‘rsatilgan tarmoqlarga bo‘linishi amalga oshadi. 

Оdilqоriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Dаvlаt hоkimiyati: mоhiyati, funksiyasi vа zаmоnаviy tаlqini. – 
T., 2015. – 31–36-bеtlаr.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling