Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet497/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   493   494   495   496   497   498   499   500   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy davlat 
haqidagi ta’limot
4-§.


493
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan, 
fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolat-
lari demokratik taqsimlash asosida tashkil etiladigan adolatli davlat sifatida 
ta’riflanadi.
Hozirgi zamon huquqiy davlati – avvalo, inson huquq va erkinliklari
hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillar orqali) xalqning ishtiroki 
ta’minlanuvchi demokratik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, 
rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolar-
ga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati 
ta’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining 
shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkin-
ligi hamda shu kabilarda o‘z ifodasini topadi.
Huquqiy davlatning quyidagi belgilarini alohida e’tirof etish lozim:
1) jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunning ustunligi;
2) huquqiy davlat organlarining faoliyati hokimiyatning qonun chiqaruv-
chi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi
3) shaxs va davlatning o‘zaro mas’ulligi; 
4) fuqarolarning huquq va erkinliklari amalda ta’minlanishi, ularning 
huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligi; 
5) konstitutsiya doirasida ish olib boruvchi turli partiyalar, tashkilotlar va 
birlashmalarning erkin faoliyati, turli mafkuraviy qarashlarning mavjudligiga 
asoslangan siyosiy va mafkuraviy plyuralizmning qaror topganligi; 
6) jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotning barqarorligi. 
Huquqiy davlat shakllanishining qo‘shimcha omillari va shartlari qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
– ijtimoiy ongda huquqiy nigilizmga barham berish;
– yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy savodxonlikka erishish;
– partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish;
– davlat boshqaruvini demokratlashtirish;
– huquqiy madaniyatni yuksaltirish;
– yangi huquqiy tafakkur va huquqiy qadriyatlarning vujudga keltirilishi. 
Huquqiy davlatda tabiiy-tarixiy huquq va erkinliklar, davlat bilan muno-
sabatlarda fuqarolar manfaatining ustunligi, huquqda umuminsoniy asoslar, in-
sonning oliy qadri ta’minlanadi. «Huquqiy davlat» tushunchasi – demokratiya, 
insonparvarlik, inson huquqlari, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, liberalizm kabi 
muhim umuminsoniy qadriyatlardan biri. 
Huquqiy davlatning mohiyati – ijti-
moiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning 
mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsip yordamida davlat 
huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning de-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   493   494   495   496   497   498   499   500   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling