Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet500/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

496
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Hokimiyatning bo‘linishi yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi 
va faoliyat ko‘rsatadi: davlat organlari bir-birining o‘rnini bosmay o‘z vakolat-
lari doirasida ish olib boradilar; qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga 
oshiruvchi davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida muvozanat, mutanosiblik, 
o‘zaro nazorat o‘rnatiladi.
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga 
bo‘linishi prinsipi ularning har biri mustaqil ish ko‘rishi va boshqa tarmoqlar 
ishiga aralashmasligini anglatadi. Bu prinsip izchil amalga oshirilgan taqdirda 
u yoki bu hokimiyat tarmog‘ining boshqa tarmoq vakolatini o‘zlashtirish im-
koniyatiga chek qo‘yiladi. Hokimiyat tarmoqlarining «o‘zaro muvozanat va 
cheklovlar» tizimi yaratilsa, hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yashovchan xu-
susiyat kasb etadi. Mazkur tizim bir hokimiyat tarmog‘i boshqa tarmoq vako-
latlarini qonunga xilof ravishda tortib olish imkoniyatini cheklaydi va davlat 
organlarining normal faoliyatini ta’minlaydi. 
Hozirgi ilg‘or demokratik davlatlarda davlat hokimiyatining klassik «uch 
tarmoq»qa bo‘linishi bilan bir qatorda, uning federativ tuzilishi ham hokimiyat-
ni taqsimlash va nomarkazlashtirish usuli hisoblanishiga e’tibor berish lozim. 
Demokratik jamiyat uchun hokimiyatning bo‘linishi prinsipi ayniqsa 
muhimdir. U nafaqat davlat organlari o‘rtasida mehnat taqsimotini, balki dav-
lat hokimiyatining bir qo‘lda jamlanishi, avtoritar yoki totalitar hokimiyatga 
aylanishining oldini oluvchi barqarorlik, «taqsimlanganlik»ni ifodalaydi. Bu 
prinsip demokratik jamiyatda har uch hokimiyatning ham bir xil, teng kuchga 
ega ekanligi, bir-birini muvozanatga solish va cheklash vositasi bo‘lib xizmat 
qilishi, biri boshqalaridan ustun bo‘lishiga, masalan, boshqaruv hokimiyati av-
toritar hokimiyatga, qonunchilik hokimiyati esa – boshqaruvni ham, odil sud-
lovni ham bo‘ysundirgan totalitar hokimiyatga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini 
nazarda tutadi. Biroq, hatto hokimiyatning bo‘linishi talabi bajarilgan, «o‘zaro 
muvozanat va cheklovlar» tizimi yaratilgan bo‘lsa ham davlat albatta, huquqiy 
bo‘lavermaydi. Shu bois huquqiy davlatning navbatdagi belgisi – qonun ustu-
vorligi belgisi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Huquqiy davlatda biron-bir davlat organi, mansabdor shaxs, jamoa yoki 
jamoat tashkiloti, biron-bir odam qonunni buzishi mumkin emas. Qonunni buz-
ganlik uchun ular qat’iy yuridik javobgarlikka tortiladi. Qonunning ustunligi 
to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, bu barcha qonun osti hujjatlari qonunga muvofiq 
bo‘lishi lozimligi, mansabdor shaxslar uni bajarishdan bo‘yin tovlamasligi yoki 
uni buzmasligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, barcha oddiy fuqarolar ham 
o‘z faoliyatida qonunga rioya qilishlari lozim. Buning uchun ular qonun maz-
munidan xabardor bo‘lishlari kerak. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling