Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
O‘zbekiston –
huquqiy ijtimoiy davlat 5-§. 499 XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat Ijtimoiylik, avvalo, bu adolat, ya’ni ko‘pchilikning manfaatiga muvofiqlikdir, ikkinchidan, insonlarning hamjihatligi ifodasidir. Shunga ko‘ra, hayotni adolatliroq qiladigan har qanday qoida, har qanday qonun, har qanday tartib ijtimoiydir. Yuridik adabiyotlarda ijtimoiy davlatning tabiatiga, belgi va xususiyat- larga oid turli talqinlar beriladi. Bir qator tadqiqotchilar ijtimoiy davlatni fuqa- rolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini (ya’ni, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi va boshq.) e’lon qiluvchi yoki pensiya va boshqa nafaqalarni ta’minlovchi davlat deb baholaydilar 1 . Аmmo bu yondashuv ijtimoiy davlatning o‘ta boy ma’nosini yetarlicha ocha olmaydi. U ancha teran mazmun-mohiyat kasb etadi. «Sotsial (ijtimoiy) davlat, – V.M. Baglayning fikricha, – fuqarolarni ish bilan ta’minlanishiga sharoit yaratadigan, umumiy daromadlarni budjet vositasida qayta taqsimlaydigan, odamlarga turmush ke- chirishning eng quyi chegarasini (minimumni) ta’minlaydigan, kichik va o‘rta mulkdorlar hissasi ko‘payishiga ko‘maklashadigan, yollanma mehnatni muho- faza qiladigan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va oila xususida g‘amxo‘rlik qiladigan, ijtimoiy ta’minotni muntazam yaxshilaydigan davlatdir» 2 . Konstitutsiya davlat uchun aniq ijtimoiy dasturni belgilab bermaydi, balki unda davlat siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari belgilanadi. Davlat siyosatining ikki muhim jihatini nazarda tutish lozim. Birinchisi – fuqarolarga munosib hayot kechirish uchun va insonning erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishda ifodalanadi. Bu – mehnatni va insonlar sog‘lig‘ini muhofazalash, ish haqining minimal hajmini belgilash, ishsizlikning oldini olish va h.k. Ikkinchisi – aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilani, onalik, otalik va bolalikni muhofazalash, nogironlarga va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish va boshqalar. Ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, davlat pensiyala- rini, nafaqalar va boshqa ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilash ko‘zda tutila- di 3 . Professor O.E. Leyst ta’biricha, «sotsial davlat» nafaqat huquqiy tartibotni muhofazalashi, shuningdek kam ta’minlanganlar va butun jamiyat manfaati uchun ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi (qonun vositasida ish kuni davomiyligini, bolalar va ayollar mehnatini cheklash hamda taqiqlashni, mehnatga qobiliyat- sizlarni, ijtimoiy himoya bilan, ishsizlarni ish bilan ta’minlashni, davlat hisobi- dan umumiy o‘rta ta’limni, bepul meditsina xizmatidan foydalanish kabilarni huquqiy tartibga solishi) lozim 4 . Ijtimoiy davlatni tavsiflovchi ijtimoiy siyosat- 1 Qаrаng: Иваненко В.А., Иваненко В.С. Социальные права человека и социальные обязанности государства: международные и конституционные правовые аспекты. – СПб., 2003. – 62–63-betlar. 2 Qаrаng: Баглай В.М. Конституционное право Российской Федерации. – М., 2007. – 137-bet. 3 Qаrаng: Конституция Российской Федерации: комментарий / Под общ. ред. Б. Топорнина и др. – М., 1994. – 21-bet. 4 Qаrаng: Лейст О.Э. Гражданское общество, государство и право / Общая теория государства и права. Академический курс. Отв. ред. М.Н. Марченко, Том 1. – М., 1998. – 346-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling