Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet506/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

502
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
yili o‘rta hisobda 1 millionga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. «Аholi bandligini 
ta’minlash... ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qo-
ladi... Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishni qo‘llab-quvvat-
lash dasturlarini amalga oshirish natijasida 2014-yilda mamlakatimizda 
1 millionga yaqin ish o‘rinlari tashkil etildi»
1
. 2015-yilda aholi turmush sifati va 
darajasini yanada oshirish yo‘li davom ettirildi. Bu yil mobaynida 970 mingta 
yangi ish o‘rinlari, shu jumladan, qishloq joylarida 451, 6 mingta yangi ish 
o‘rni tashkil etildi
2

Harakatlar strategiyasining (2017-yil, fevral) «Ijtimoiy sohani rivojlanti-
rish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishi aholi bandligini oshirish, fuqarolarni 
ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash choralari nazarda 
tutiladi. Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 
25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish 
o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish 
nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming 
yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muas-
sasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.
Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini 
takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritil-
gan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat 
ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 
1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda
3
.
Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadir. Ish 
vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi 
(38-modda). O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 115-moddasiga bi-
noan, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq 
bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yet-
ti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa, sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. 
Ish vaqtining muddati 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga 
36 soatdan, 15-16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa – 24 soatdan osh-
maydigan qilib belgilanadi (242-modda). Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor
budjet hisobidan ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan ayol-
larga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati 
belgilanadi. Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga, ayollarga, homila-

Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri. – T., 
2015. – 51-bet.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining mаjlisi to‘g‘risidа ахbоrоt.// Хаlq so‘zi, 2015-yil 
20-оktabr.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish 
bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа. – T.: «Adolat», 2017. – 34–35-bеtlаr.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling