Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet514/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

510
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
rioya etishi zarur. Shu sababdan jamiyat hayotining huquqiy «kayfiyati» etatik 
davlatdagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.
10. Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning 
fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir odamga tug‘ilishidan 
boshlab berilgan tabiiy ajralmas huquq va erkinliklarni tan olish bilan birga 
ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham ka-
folatlaydi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, 
boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar 
yetkazmagan holda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatil-
gan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha aytganda, davlat-
ning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ular o‘rtasida 
muayyan huquqlarning vujudga kelishi hamda muayyan majburiyatlarning 
bajarilishini taqozo etadi.
Huquqiy davlat – huquqning hukm-
ronligi, qonunning ustuvorligi, barcha-
ning qonun va mustaqil sud oldida tengligi 
ta’minlanadigan, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vako-
latlarining bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha kishilar; ush-
bu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxs-
lar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati organlari – barchasi huquqqa 
bo‘ysunadilar.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar 
huquqiy normalar tizimida oliy yuridik quchga egadir. Turli xil davlat idoralari 
chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.
Inson huquq va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va 
ta’minlash. Inson huquq va erkinliklari unga tug‘ilganidanoq tegishli bo‘lib, 
ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlikka, 
daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkin-
liklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida 
tengdirlar.
Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs 
erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini 
ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi.
Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). Hokimiyatni qo-
nuniy e’tirof etish uchun quyidagi talablarga javob berilishi shart: hokimiyat 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling